TALABALARNING KREATIV KOMPETENSIYALARINI AUDITORIYADAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARDA RIVOJLANTIRISH HAQIDA
Abstract
Hozirgi kunda o‘qituvchi oldida o‘quv faoliyati jarayonida shaxsning o‘zini o‘zi anglashi, shu jumladan, iqtidorli va yuqori motivatsiyali talabalar uchun shart-sharoitlar yaratish turibdi.
Qanday shaxslar kreativligi yuqori deb hisoblanadi? Olimlar bu savolga turli javoblar berishadi. Biroq, ko‘pchilik o‘qituvchilar kreativlik kompetensiyali talabalarni quyidagilar deb hisoblashadi:
- yuqori intellektual qobiliyatlarga ega bo‘lish, o‘qish-bilishga bo‘lgan qiziqish, ijodiy qobiliyatlar va uning ko‘pchilikka nisbatan namoyon bo‘lishi;
- dominant faol nazariy bilim olishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyoj bor;
- ular nazariy bilim olish, aqliy-intellektual mehnat quvonchi va zavhni boshdan kechiradi.
Iqtidor yoki kreativlik mavzusiga oid anchagina ilmiy-nazariy va amaliy manbalar to‘plangan, masalan D.Gilford, J.Ikromov, A.N.Kolmogorov, V.A.Kruteskiy, T.U.O‘tapov, N.R.G‘aybullaev, E.G‘oziev, Dj.Renzulli, S.L.Rubenshteynlar. Bu olimlarning fikricha, iqtidorning maxsus turlaridan tashqari, yuqori darajali qobiliyatlar sifatida tushuniladigan umumiy aqliy iqtidor ham mavjud. Iqtidor tushunchasi hozirgi vaqtda o‘zida yuqori intellekt, kreativlik, emotsional va erkli xususiyatlar, motivatsiya kabi xususiyatlarni aks ettiruvchi murakkab psixologik holat deb qaraladi.
B.M.Teplov qobiliyatlar va iqtidorga ahamiyat berib, shuni ta’kidlaydiki, iqtidor haqidagi izlanishlarni aynan qobiliyatlardan boshlash lozim. Qobiliyat sifatida quyidagilarni tushunishni taklif etadi:
- a) bir insonni boshqasidan ajratadigan individual-psixologik qobiliyatlar;
- b) faoliyatning samarasini belgilaydigan qobiliyatlar;
- v) orttirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarga bog‘liq bo‘lmagan, lekin ularning tez va osonlik bilan egallanishini va orttirilishini belgilovchi xususiyatlar [3:1985].
Dj.Renzulli o‘quv dasturi samaradorligini oshirish, ya’ni boyitishning uch turini tavsiya qiladi. Birinchi ikki tur barcha toifadagi, ayniqsa iqtidorli ta’lim oluvchilar uchun foydalidir. Ular ta’lim oluvchilarning qabul qilish va fikrlash qobiliyatlariga asoslanadilar. O‘quv dasturini boyitishning uchinchi turi barcha ta’lim oluvchilar va guruhlarga mo‘ljallangan.
Uning fikricha iqtidor «o‘rtachadan yuqori bo‘lgan qobiliyat», «kreativlik» va «masalani yechishga qaratilgan tirishqoqlik – motivatsiya» kabi uchta tavsiflar uyg‘unlashuvidir [4:1994].
Keyingi yillarda talabalarda kreativlik kompetensiyalarini rivojlantirish muammosiga bo‘lgan qiziqish mamlakatimizda sezilarli darajada o‘sdi. Shu bilan birgalikda axborot-kommunikatsion texnologiyalar muhitida iqtidorni aniqlash, kreativ fikrlovchi talabalarni o‘qitish va kreativlik kompetensiyasini rivojlantirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalari hamda o‘qitishning interfaol metodlarining ahamiyatini o‘rganish o‘ta dolzarb muammo hisoblanadi.
Talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik qo‘llab-quvvatlashning asosiy shart-sharoitlarini quyidagicha aniqlash mumkin:
- ijodiy muhitni yaratish;
- talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish uchun oliy ta’lim muassasasi dasturini ishlab chiqish;
-muayyan sohalarda o‘quv dasturlari majmuini ishlab chiqish, ta’lim jarayonining o‘zgaruvchanligini ta’minlash, kreativ fikrlovchi talabaning o‘zini o‘zi anglash jarayonida tanlash vaziyatini yaratish, bu esa ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshiradi;
- kreativ fikrlovchi talabalarning o‘zini o‘zi anglashini ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlashning metodik ta’minotini ishlab chiqish;
- o‘qituvchining talabaga ijobiy munosabatini shakllantirish [2:1997].
So‘nggi yillardagi pedagogik tadqiqotlarda «o‘rganish» atamasi o‘rniga «o‘qitish» atamasi qo‘llaniladi, chunki u faol mustaqil ish jarayonida, amalda nazariy-amaliy bilim olish bo‘lib hisoblanadi. O‘qitish shaxsiy faoliyat orqali va amaliy tajriba orttirish natijasida o‘zini o‘zi rivojlantirish vositasi sifatida qaraladi.
O‘quv jarayonini quyidagi sikl: tushuncha, texnologiya, qo‘llash, uzatish sifatida ifodalash mumkin.
Nazariy bilim olish - har qanday sohada mustaqil o‘qish jarayonida yoki o‘qituvchi rahbarligida, ya’ni shaxsiy rivojlanish jarayonida nazariy bilim olish jarayonidir. Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun mashg‘ulotlarda interfaol texnologiyalardan samarali foydalanish zarur.
Kreativ rivojlanish - talabaning o‘z kasbiy faoliyati, nazariy bilimi va xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘lgan intensiv samarador texnologiyalardan foydalanish orqali takomillashishidir. Har bir talabaning o‘z imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish imkonini beradigan interfaol texnologiyalardan foydalanish zarur. Kasbiy kreativ rivojlantirish o‘zini o‘zi o‘rganish va o‘zini o‘zi takomillashtirishni amalga oshirishda eng muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi auditoriya soatlaridan tashqari kreativ fikrlovchi talabalar bilan individual ishlashni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga bunday talabalarning qobiliyat va mayllarini, ularning nazariy-ilmiy bilish qiziqishlarini, aqliy qobiliyatlarini individual o‘rganish traektoriyasi dasturini ishlab chiqish uchun o‘rganish zarur. Ish tizimli va epizodik emas olib borilishi uchun alohida guruhlarning aniq individual jadvalining roli ham muhimdir.
Kreativ fikrlovchi talabalar bilan ishlashni tashkil etishda talabalarning ijodiy o‘zini o‘zi ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lishlari uchun auditoriyadan tashqari ishlarning har xil turlari va shakllaridan foydalaniladi:
- o‘qitilayotgan fanga oid auditoriyadan tashqarida kichik ilmiy tadqiqotchilik loyiha va ilmiy-tadqiqot ishlari;
- fan bo‘yicha yuqori darajadagi kichik ilmiy muammolarni samarali yechish bo‘yicha to‘garak ishlari;
- fan bo‘yicha fakultativ kurslar;
- oliy ta’lim muassasalari talabalarining turli ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok etishi;
- turli olimpiada va tanlovlarda ishtirok etishi;
- universitetlar, pedagogik institutlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik;
- tarmoqlararo o‘zaro ta’sir (Internet loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar) va boshqalar [1:2002].
O‘qituvchining auditoriyadan tashqari ishlari ko‘p qirrali va hajmdor deb hisoblaymiz. Auditoriyadan tashqari ishlar jarayoni va nostandart vazifalarni yechish talabalarining kreativ-aqliy rivojlanishiga juda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki u kreativ-aqliy operatsiyalarni: analiz va sintez, konkretlashtirish va abstraktlashtirish, taqqoslash va umumlashtirish, baholashni amalga oshirishni talab qiladi.
To‘g‘ri tashkil etilgan va tizimli ravishda olib borilgan auditoriyadan tashqari ishlar talabalarning auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydi, talabalarning nazariy dunyo qarashlarini kengaytiradi va individual nazariy g‘oyalarning tarixiy rivojlanishi bilan yanada chuqurroq tanishish imkonini beradi.
Shunday qilib, kreativ fikrlovchi talabalar bilan ishlash tizimiga yangi o‘quv amaliyotlarini joriy etish talabalarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishda muayyan natijalarga erishishga ko‘maklashadi. Kreativ fikrlovchi talabalar bilan ishlash amaliyoti aqliy va ijodiy faoliyatda shaxsning o‘zini o‘zi anglashini, talabalarning asosiy kreativlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlaydigan ta’limni individuallashtirish samaradorligini ko‘rsatadi. Kreativ fikrlovchi talabalar bilan individual ishlash uzluksiz o‘zini o‘zi tarbiyalash, aqliy va ijodiy rivojlantirish, talabalarning potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi, fanda dastlabki qadamlarni qo‘yishga yordam beradi. Talabalarda o‘zini o‘zi anglash imkoniyati tug‘iladi, mavzuga nisbatan bilishga qiziqish ortadi, shuningdek, o‘zini o‘zi bilish, o‘zini o‘zi tarbiyalash va o‘zini o‘zi rivojlantirish muammolariga bilimga qadriyat munosabati shakllanadi, aqliy faoliyatga ehtiyoj kuchayadi.
References
Головизина Н.Л. Учебно-исследовательская деятельность как перспективное средство воспитания творческой личности [Текст] / Н.Л.Головизина // Дополнительное образование. -2002. -№8. –С. 6-10.
Лейтес Н.С. Возрастная одаренность и индивидуальные различия [Текст]: Избр. тр. / Н.С.Лейтес. –М.: Изд-во «Институт практической психологии», -Воронеж: НПО «МОДЭК», 1997, -448 с.
Теплов Б.М. Психология индивидуальных различий. Способности и одаренность. Психология музыкальных способностей. Ум полководца. Заметки психолога при чтении художественной литературы]: Избранные труды : в 2 томах / Б.М. Теплов. – Москва : Педагогика, 1985. – 328 с.
Renzulli, J.S. (1994). Schools for talent development: A practical plan for total school improvement. Mansfield Center, CT: Creative Learning Press.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2024 Ibraymov Iqlas Erejepovich

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
All Rights Reserved.