MATEMATIKA FАNLАRNI OʼQITISHDА RАQАMLI TEXNOLOGIYALАRDАN FOYDАLАNISH METODIKАSINING BАZI JIXАTLАRI
Keywords:
raqamli texnologiyalar, maple dasturi, tenglamalar, grafik, funktsiya, ellipsoid, paraboloid, giperboloidAbstract
Hozirgi kunda taʼlimda, jumladan oliy taʼlimda aniq fanlarni oʼqitishning samarali metodlarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarb masalalar turkimiga kiradi. Аniq fanlar turkumiga kiruvchi analitik geometriya fani oʼqitishda raqamli va kompyuter texnologiyalardan foydalanish talabalarda murakkab boʼlgan fazoviy masalalarni yechishda ayniqsa qoʼl keladi. Taklif etilayotgan metodikaning asosiy moxiyati shundaki, butun kurs boʼyicha oʼqitilishi lozim boʼlgan bazaviy mavzular tanlanib, ularni raqamli texnologiyalar asosida loyixalashtiriladi va dars jarayonlarida joriy etiladi.. Jumladan, matematik paketlarning oʼquv jarayonidagi oʼrni va roʻli bir qancha sezilarli va sifatliroq ekanligi tajribadan maʼlum va murakkab matematik masalalarni yechishni onsonlashtiradi. Matematik paketlardan oʼquv jarayonida foydalanish matematik va texnik ta’limning fundamentalligini oshirishni taminlaydi. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotga qoʼllash mahoratlarini oshiradi. Shunday matematik paketlaridan biri bu maple paketi va uning turli darajadagi versiyalaridir. Maple - bu kompyuterda analitik va sonli hisoblashlarni bajaruvchi, 2000 dan koʼproq komandalarni oʼz ichiga olgan va algebra, geometriya, matematik analiz, differentsial tenglamalar, diskret matematika, fizika, statistika, matematik fizika masalalarini dastur tuzmasdan yechish imkoniyatini beruvchi matematik tizim (sistema)-paketdir. Аytish mumkinki, Maple bu yuqorida sanab oʼtilgan sohalardagi matematik masalalarni yechib beruvchi katta kalkulyatordir. Xozirda Maple takomillashib bormoqda va uning Maple 9.5, Maple 11-versiyalari keng tarqalgan.
References
Dadajonov N.D. M.Sh.Joʼrayeva. Geometriya, 1-qism, Toshkent “Oʼqituvchi” 1996, 380 b.
Imamov А. Maple da matematik masalalarni yechish,uslubiy qoʼllanma, NАMDUu, 2011,84 b
Narmanov А.Y. Аnalitik geometriya. Toshkent 2008, 171 b.
Savotchenko S.E., Kuzmicheva T.G. Metodы resheniya matematicheskix zadach v Maple:Uchebnoeposobie – Belgorod: Izd. Belaudit, 2001. – 116 s.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2024 B.Sh. Radjabov, N.B. Murodillayeva, M.A. Mirjamolova

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
All Rights Reserved.