AVTOTO’QIMA MATERIALLARINI SIFATINI EKSPRESS USULI YORDAMIDA NAZORAT QILISH VA BAXOLASH

Authors

  • D. Kasimova Andijon davlat texnika insituti assistenti Author
  • Rahmonova Mohichehra Andijon davlat texnika insituti 4 kurs k72/21 guruh talabasi Author

Keywords:

Avtomobil g‘ilof, ekspress baholash, Xenon Test Chamber Xe3, UV nurlanishi, yorug‘likka chidamlilik, laboratoriya sinovlari, avtoto‘qima materiallari, iqtisodiy samaradorlik, sifat nazorati damas avtomobili.

Abstract

Ushbu maqolada “Uz Do Yang Ko” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan Damas avtomobiliga mo‘ljallangan g‘ilof (avtoto‘qima) materiallarining fizik-mexanik va yorug‘likka chidamlilik xususiyatlarini ekspress usullar yordamida baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari yoritilgan. Tadqiqotda sinov ishlari Xenon Test Chamber Xe3 rusumli zamonaviy laboratoriya uskunasi orqali olib borildi. Mazkur uskuna ultrabinafsha (UV) nurlari va harorat ta’sirida material yuzasida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni tezkor aniqlash imkonini beradi.

Tadqiqot natijalari asosida materiallarning eskirishga chidamlilik darajasi, rang o‘zgarishi, yirtiqchaga bardoshliligi kabi ko‘rsatkichlar aniqlanib, ularning davlat standartlariga muvofiqligi baholandi. Shuningdek, sinov natijalari asosida korxonada ushbu materiallarni ommaviy ishlab chiqarishga joriy etishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (xarajatlar, foyda, tannarx, tejash hajmi) hisoblab chiqildi.

Maqolada ekspress baholash metodikasining afzalliklari, sinov jarayonining texnologik jihatlari va olingan natijalarning amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlar avtomobil sanoatida mahsulot sifatini oshirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.

References

1. Хужаева, М. Б. (2024). Усовершенствование машин для резки ткани. Science and Education, 5(2), 218-223.

2. Khujaeva, M. B. (2022). Essence of professional education system improvement. International Journal of Social Science and Education Research, 2(43), 349-353

3. Axmedova, S. K., & Yoqubov, R. T. (2023). To‘qimachilik mahsulotlarini sifatini baholash asoslari. Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.

4. GOST 15140-78. (1980). Materiallarning iqlimiy ta’sirlarga chidamliligini sinash usullari. Moskva: Standart.

5. ISO 105-B02:2014. Textiles — Tests for colour fastness — Part B02: Colour fastness to artificial light: Xenon arc fading lamp test.

6. Tokhtarov, M. A. (2021). Materialshunoslik va fizik-mexanik tahlil usullari. Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti.

7. Qodirov, N. (2020). Avtotransport vositalari uchun polimer va to‘qima materiallar: sifat, sinov va qo‘llanishi. Andijon: ATSM.

8. Xenon Test Chamber Xe3: User Manual. (2022). Qindao Instruments, China.

Downloads

Published

21.06.2025

How to Cite

AVTOTO’QIMA MATERIALLARINI SIFATINI EKSPRESS USULI YORDAMIDA NAZORAT QILISH VA BAXOLASH. (2025). Journal of Uzbekistan’s Development and Research, 1(5), 179-180. https://ijournal.uz/index.php/judr/article/view/2464

Similar Articles

21-30 of 158

You may also start an advanced similarity search for this article.