SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BOLA OBRAZI TALQINI
Keywords:
Shukur Xolmirzayev hikoyalarinda bola obraziAbstract
O’zbek adabiyotida o’zining salmoqli o’rniga ega bo’lgan yozuvchi Shukur Xolmirzayev ijodi, ayniqsa, uning o’zida qiyin bir davrni aks ettira olgan hikoyalari haqida o’zbek adabiyotshunosligida qilingan ilmiy tadqiqotlar ushbu ishning asosiy tadqiqot obyekti qilib olindi. Yozuvchi ijodi mustaqillikgacha deyarli o’rganilmanligi sababli imkon qadar hikoyalar tahliliga etibor berdik. Yozuvchi asarlari mustaqillikgacha davrda ba’zi sabablarga ko’ra adabiyotshunoslar tomonidan o’rganilmay qolgan edi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng barcha sohalarda bo’lgan yangilanishlar kabi o’zbek adabiyotida ham birmuncha o’zgarishlar bo’ldi. O’rganilmay qolgan asarlar o’rganila boshladi. Jumladan, yozuvchi Shukur Xolmirzayev asarlariga ham adabiyotshunoslar e’tibor qarata boshladilar. Jumladan, S. Mirzayevning “XX asr o’zbek adabiyoti”, Sobir Mirvaliyevning “O’zbek adiblari” asarlarida yozuvchi ijodiga etibor qaratilgan S. Xolmirzayevaning tashabbusi bilan yozuvchi hikoyalari u tamonidan nashr etildi. Sh. Doniyorova esa adib hikoyalari asosida ilmiy tadqiqot ishini yaratdi. Biroq bu ishlar Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi bola ruhiyatini to`liq ochib bera olmaydı. Ma’lumki, Shukur Xolmirzayev ijodi mustaqillikning ilk kunlaridan o’rganila boshladi. Yozuvchining asarlarida, ayniqsa, hikoyalarida o’sha davr muhiti o’z aksini topganiligi bois bu asarlar o’z vaqtida o’rganilmay qolgan. Ammo mustaqillik davriga kelib yozuvchining asarlari haqiqiy bahosini oldi. Uning ochilmagan turli qirralari tanqidchilik tamonidan ochib berildi. Biz uchbu ishimizda ana shularni tahlil qilishga harakat qilamiz. Ishning ilmiy yangiligi adib hikoyalaridagi bola obrazi ruhiyati birinchi marotaba malakaviy bitiruv ishi doirasida o’rganilmoqda.
References
1. Адабий турлар ва жанрлар. I жилд. –Тошкент: Фан, 1991 йил.
2. Адабиёт назарияси. 2 томлик. –Тошкент: Фан, 1978 йил.
3. Бобоев .Т. Адабиётшунослик асослари. –Тошкент:Ўзбекистон, 2002 йил.
4. Каримов Н ва бошқалар. ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 1998 йил.
5. Каримов Н. ХХ аср ўзбек адабиёти манзаралари. –Тошкент: Ўзбекистон, 2009 йил.
6. Мирзаев С, Шермухаммедов С. Ҳозирги замон ўзбек адабиёти тарихи. – Тошкент: Ўзбекистон, 1993 йил.
7. Мирвалиев С, Шокирова Р, Ўзбек адиблари. –Тошкент: Фан, 2007-йил.
8. Норматов У. Ижод сеҳри. –Тошкент: Шарқ, 2007 йил.
9. Норматов У. XX аср адабиёти. –Тошкент: Шарқ, 2007 йил.
10. Норматов У. Қалб инқилоби. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986 йил.
11. Умуров Ҳ. Бадиий психологизм ва ҳозирги ўзбек романчилиги. – Тошкент: 1983 йил.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2024 Hamroyev I.A.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
All Rights Reserved.