KOREYS MILLIY O‘YINLARINING ETIMOLOGIK NOMLARI

Authors

  • Bahromova Nasiba Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti Sharq xalqlari tillari oliy maktabi 4 kurs talabasi Author

Keywords:

Koreys xalqi, milliy madaniyat, etimologik, o‘yinlar

Abstract

Koreyada qadimdan boshlab bayramlar nishonlansa, turli xil milliy o‘yinlarni o‘ynab kelishgan. Yangi yilning birinchi kuni Sollalda (설날) Yonnalligi (연날리기), Yutnori (윷놀이), Noltvigi (널뛰기) va hokazolarni birgalikda o‘ynashgan. Hosil yig‘im-terimi tugagandan so‘ng esa nishonlanadigan hosil bayrami ya’ni Chusokda (추석) koreys xalqining milliy kurashi bo‘lmish Shirim (씨름) yoki Talmat (달맞)ni o‘ynashgan. Talmatda oy taqvimining birinchi to‘lin oyi yoki avgust oyining to‘lin oy oqshomida tog‘larga yoki dalalarga chiqib oy chiqishini kutib turib uni qarshi olishadi. Shuningdek, odamlar oyga qarab turib tilak tilaydilar va oy nuriga qarab kelasi yilning hosilini oldindan bashorat qiladigan oqshom hisoblanadi. Ayniqsa milliy o‘yinlar orasida Kinetvigi (그네뛰기), Shirim o‘yini va Tano (단오) bayrami bahordan boshlab kuzga qadar har bir bayramda keng miqyosda nishonlanadi. Milliy o‘yinlar koreys xalqining jozibasi va hissiyotini aks ettiribgina qolmasdan milliy madaniyatini ham ko‘rsatadi.

References

Downloads

Published

21.02.2025

How to Cite

KOREYS MILLIY O‘YINLARINING ETIMOLOGIK NOMLARI. (2025). Journal of Uzbekistan’s Development and Research, 1(1), 598-600. https://ijournal.uz/index.php/judr/article/view/1982

Similar Articles

1-10 of 46

You may also start an advanced similarity search for this article.