TIL TA’LIMIDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Authors

  • Ayupov Ravshan Hamdamovich

Abstract

Mamlakatimiz jadal rivojlanayotgan va chet mamlakatlar bilan oʻzaro aloqalar tobora kuchayayotgan hozirgi zamonda xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro iqtisodiy va madaniy aloqalar jadal rivojlanib, til ta’limiga boʻlgan e’tibor ham ancha kuchaydi va til oʻrganishga boʻlgan munosabat ham tubdan oʻzgardi. Shu tufayli, tilni faol oʻrganishga hamda til ta’limiga va tarjimaga raqamli texnologiyalar usullarini jalb qilish yanada rivojlanib ketdi. Bu borada bir qancha ilmiy ishlar amalga oshirildi va kitoblar ham chop etildi [1-4]. Ushbu manba’larga tayangan xolda aytishimiz mumkinki, raqamli texnologiyalar bu – real voqe’llikni toʻldirib turadigan virtual muhitdir. Borgan sari koʻproq mamlakatlar va mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 4.0 Industriya, Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020 kabi milliy strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy Osiyoda joylashgan Qozog’ston va Qirg’izston mamlakatlari Digital Kazakstan va Kyrgizstan Taza Koom deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Albatta horijiy tillarni oʻrganish jarayoni ham bu oʻzgarishlardan xoli boʻlmaydi. Shuning uchun ham quyida til oʻrganish uchun samarador boʻlishi mumkin boʻlgan bir qancha texnologiyalarni oʻrganib chiqamiz. Hozirgi davrda raqamli texnologiyalarni til oʻrganish jarayoniga jalb qilish va uning samaradorligini oshirish uchun quyidagi usullardan foydalanishning real imkoniyatlari mavjud [2]:

References

Ayupov R.X., Tursunov S.Q. Raqamli texnologiya. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent: “Lesson Press” nashriyoti, 2023 yil. 464 bet.

Sobirjonov R.A. va boshqalar. Zamonaviy texnologiyaning rivojlanish istiqbollari – monografiya. Toshkent: “Hilol Media” nashriyoti, 2022 yil. 202 bet.

Godwin-Jones B. Blogs and wikis: Environment for on-line collaboration //Language Learning and Technology. 2003. № 2.

Kessler G. Student-initiated attention to form in wiki-based collaborative writing //Language Learning and Technology. 2009. № 1.

Елизавета Ивтушок. Третье поколение алгоритма OpenAI научилось выполнять текстовые задания по нескольким примерам. N+1 (29 мая 2020). Архивировано 27 октября 2020 года. https://nplus1.ru/news/2020/05/29/gpt-3

Microsoft teams up with OpenAI to exclusively license GPT-3 language model Архивная копия от 21 октября 2020 на Wayback Machine (англ.). https://blogs.microsoft.com/blog/2020/09/22/microsoft-teams-up-with-openai-to-exclusively-license-gpt-3-language-model/.

Senad Bećirovich, Amna Brdarević-Cheljo, Xaris Delić. Chet tillarini oʻrganishda raqamli texnologiyalardan foydalanish | SpringerLink. 27.09.2021.

Hayo Reinders. Ta'limni qoʻllab-quvvatlash uchun texnologiyadan foydalanish. Kembrij universiteti matbuoti va baholash. 28.07.2022

Downloads

Published

2024-05-26

How to Cite

Ayupov Ravshan Hamdamovich. (2024). TIL TA’LIMIDA ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 266–271. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/1012