KIRISH SO'ZI

Authors

  • Ilxomjon Tuxtasinov O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori

Abstract

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “... xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilishlari, dardu tashvishlari bilan yashash davlat siyosati darajasiga kо‘tarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi chinakam muloqot maydonchasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz о‘z oldimizga qо‘ygan maqsadlarga erisha olamiz” – deb ta’kidlaganlar.  Darhaqiqat, ommaviy kommunikatsiya  hozirgi zamon lisoniy jarayonlarning markazidan joy olgan yangicha borliqdir.  U milliy tilning hozirgi zamondagi modeli hisoblanib,  unda adabiy  va noadabiy sohalar doimiy о‘zaro ta’sirlashuv holatida bо‘ladi. Bunday sharoitlarda ommaviy kommunikatsiya turli til vositalarining о‘zaro bir-biri bilan ta’sirlashishiga imkon beruvchi о‘ziga xos poligonga aylanadi, deb ham bemalol aytish mumkin.

Hozirgi vaqtda kommunikatsiya texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi natijasida amalga oshayotgan mediamakon transformatsiyasi olim va amaliyotchilarning mediasoha va ommaviy kommunikatsiyalarni, axborot makonini zamonaviy madaniyat kontekstida tadqiq qilishga murojaatini dolzarblashtiradi. Har qanday mediamakon ushbu mediamatn uchun kommunikativ fon hisoblanadi va ma’nolarning bir xil emasligi va xabarning о‘quvchilar tomonidan talqin qilinishi diapazonini ta’minlaydi va axborot kontinuumining bir qismini tashkil etadi.

 Jurnalist yozish san’atini, mazkur san’at namunalarini,  nazariyasini sinchiklab о‘rganib, о‘z  fikr va niyatlarini  matnlariga tatbiq etib butun hayoti davomida о‘rganib boradi. Shu bilan birga har bir jurnalistning faoliyatida boshqa mualiflar tomonidan bitilgan  turli  materiallar bilan ishlash, ya’ni muharrirlik ishi ham asosiy о‘rin egallaydi.

Jurnalistika ta’limi sohasida muharrirlar turli  janrdagi materiallarni tarjima va tahrir  qilishda duch kelinayotgan qiyinchiliklarni  hal  etish  uchun  javob  izlab  mantiq  ilmiga  murojaat  qilmoqdalar.   Shubhasiz, individual ishlash metodikalari kо‘p narsalarga о‘rgatishi, eslatishi mumkin, lekin shuni ham unutmaslik kerakki, tahrir ijodiy mehnat bо‘lgani bois, u har doim betakrordir.

Shuni  alohida ta’kidlash joizki,  na amaliy  uslubiyat,  na adabiy  tahrir  muharrirning  til  va  uslub  bо‘yicha  ishi  qanday tashkil  etilsa,  yuqorida  qayd  etilgan  xato  va  kamchiliklarga yо‘l  qо‘yilmaydi,  degan  savolga  tо‘liq javobni  berish  amri mahol.

Mediamakonda til, tahrir va tarjima muammolari  har qachon dolzarb muammolar qatorida bо‘lib kelgan.   Mediamatnlarni  tarjimasi va tahriri  ijodiy jarayon,  bu  muxarrirdan  nutqiy mahorat  va adabiy til meyorlari bо‘yicha bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishni talab qiladi.  Adabiy tahrir –  maqsadi va tabiatiga kо‘ra boshqa amaliy filologik bilimlar sohasi qatoridan о‘rin olgan yosh amaliy fanlardan hisoblanadi.  U ham mazkur sohaga oid boshqa fanlar  kabi an’anaviy  tarzda, ya’ni  matn bilan xususiy usullar orqali konkret vaziyat  va amaliy masalalarni hal etish bilan bog‘liq tarzda ishlash, mazkur ishlash usullarini tizimlashtirish va ilmiy anglash asosida shakllanib kelgan.  Shu nuqtai nazardan bо‘lajak jurnalist kadrlarni media tili, tarjima va tahrir mahoratini egallashlariga alohida e’tibor qaratish zarur.   

 “Mediamakonda til, tahrir va tarjima muammolari” mavzusidagi    respublika   ilmiy-amaliy anjumanida ma’ruzachi, mehmon va maqola muallifi sifatida faol ishtirok etganingiz uchun samimiy minnatdorligimizni izhor etamiz va barchangizga yurtimiz ilm-fani taraqqiyoti yoʼlida ulkan yutuqlarga erishishingizni tilaymiz!

Downloads

Published

2024-06-15

How to Cite

Ilxomjon Tuxtasinov. (2024). KIRISH SO’ZI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 16–17. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/1267