LINGVOKULTUREMALARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TURLARI

Authors

  • Zebuniso Ramazonova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti katta oʻqituvchisi

Abstract

Lingvomadaniyatshunoslik fanining asosiy tushunchalaridan biri bu – lingvokulturemadir. Fanda til va madaniyatning uzviy bogʻliqligiga asoslangan til birliklariga nisbatan “lingvokulturema” atamasi ishlatiladi. Bu atama asosida E. Sepir va B. Uorfning til va uning maʼnoviy birliklar tizimi u yoki bu xalqning dunyoqarashi, tashqi dunyoni qay shaklda koʻrishi va anglashi oʻzaro chambarchas bogʻliqligi va mos kelishi nazariyasi yotadi. Bu gʻoyani rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan tilshunoslardan biri V.V. Vorobyev ushbu “lingvokulturema” atamasini til va madaniyat bilan bogʻliq munosabatlarni tadqiq etish imkonini beruvchi lingvamadaniy birlik sifatida fanga kiritgan. Uning fikricha, lingvokulturema - bu til birligining shakl, maʼno va madaniy ahamiyatni oʻz ichiga olgan uygʻun bir jamlanmasidir (Vorobyev, 2008). Soʻzdan farqli ravishda lingvokulturema oʻz tarkibiga nafaqat til (lisoniy ahamiyat kasb etadigan), balki madaniyat (tildan tashqari madaniy maʼnolar) segmentlarini ham oladi. Lingvokulturema murakkab, darajalararo birlik sifatida lingvistik va ekstralingvistik (konseptual yoki predmet) mazmunning dialektik birligini ifodalaydi. Bu soʻzdan koʻra “chuqurroq” maʼnoga ega boʻlgan birlikdir:

References

Воробьев В. В. Лингвокультурология. - Москва: Российский ун-т дружбы народов, 2008. - 336 с.: ил., табл.; 22 см.; ISBN 978-5-209-02717-1

Горушкина А. В. Лингвокультуремы в структуре современного поэтического дискурса сетевого автора Али Кудряшевой: функциональный аспект изучения: автореферат дис. ... кандидата филологических наук: 10.02.01. - Череповец, 2019.

Красных В.В. Система прецедентных феноменов в контексте современных исследований // Язык, сознание, коммуникация. Вып.2 — М.: Филология, 1997. – С. 7-16.

Маслова В.А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений. - М.: Издательский центр Академия, 2001. - 208 с.

Темиргазина З.К. Лингвистическая аксиология: оценочные высказывания в русском языке. 2-е изд. - 2-е изд., стер. - Москва: Флинта, 2015. - 247 с.; ISBN 978-5-9765-2118-6

Downloads

Published

2024-06-16

How to Cite

Zebuniso Ramazonova. (2024). LINGVOKULTUREMALARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TURLARI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 219–224. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/1313