JINOIY JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Ma’rifjanov Mirzabahrom O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi

Abstract

O'zbekiston Respublikasining 1994-yilgi jinoyat qonuni qabul qilinmasdan bir qator mualliflar tomonidan adabiyotlarda jabrlanuvchining g'ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta'siri ostida jinoyat sodir etishini, shaxs kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo'lgan bo'lmaganligidan qat'iy nazar, qonunda yengillashtiruvchi holat sifatida ko'zda tutish kerakligi to'g'risida takliflar berilgan edi. Bu takliflar O'zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat kodeksida o'z ifodasini topadi. Jabrlanuvchining huquqqa xilof harakatlari jismoniy yoki ruhiy zo'rlik ishlatish, aybdorni yoki boshqa shaxslarni haqorat qilish, yoxud boshqacha huquqqa xilof harakatlarda ifodalanishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 55-moddasi “d” bandida keltirib o`tilgan jabrlanuvchining zo`rlik, og`ir haqorat yoki boshqacha g`ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruxiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish holatlari ham jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi. Og`ir haqorat jumlasini tahlil qiladigan bo`lsak, haqorat (jinoyat huquqida) — shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, beodob muomalada boʻlish turli xildagi xatti-harakatlarda, chunonchi haqoratli soʻz va iboralarni aytish, bino, devorlar va fotosuratlarga haqoratlovchi yozuvlar yozish, beodob qiliqlar qilish, yuziga tarsaki urush, tupurish va boshqa holatlarda namoyon boʻladi. Muhokama qilmoqchi bo`lgan tushinchamiz jinoyat kodeksida keltirib o`tilgan o`g`ir haqorat jumlasiga Oliy sud plenum qarorlarida tushintirish berish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki jamiyatdagi insonlar uchun bir xilda o`lchov va standartlar bo`lmagani singari haqoratli deya hisoblanadigan jumlalar kimlar uchundir oddiy holatdek tuyiladi, lekin boshqa bir ijtimoiy qatlamga bu chinakam haqorat hisoblanib kuchli ruhiy hayajonlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqilib, muhokama uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan edi. Kodeks loyihasi amaliyotdagi tizimli kamchilik va muammolarni, xorij tajribasi inobatga olingan holda tayyorlanib, unga jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilishga, liberallashtirishga, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirishga, jinoyatlar uchun sanksiyalarni qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga qarab muvofiqlashtirishga va turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yadigan yoxud ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri jinoyat qonunchiligi prinsiplariga mos kelmaydigan qilmishlar uchun javobgarlik belgilanishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni chiqarib tashlashga qaratilgan bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan. 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3723-sonli Prezident qaroriga ko’ra qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashirish konsepsiyaning 2.3-bandida jazolar tizimi va ularni tayinlash mexanizmlarini qaytadan ko‘rib chiqish, eskirgan hamda zamonaviy talablarga javob bermaydigan jazolar shakli va turlarini chiqarib tashlash vazifasi belgilangan. Shuningdek ushbu konsepsiyaning 2.6-bandida rag‘batlantiruvchi normalarni, jumladan jazoni yengillashtirish yoki shaxsni jinoiy javobgarlik yoxud jazodan ozod qilish shartlarini o‘rnatuvchi normalarni kengaytirish vazifasi belgilab o`tilgan. Ushbu vazifalarni qonunchilikda joriy etish hamda belgilanadigan jazoning odillik va qonunchilik prinsiplariga javob berishi uning muhim bir shartidir. Ushbu konsepsiya bir necha muhim qilinishi kerak bo`lgan vazifalarni belgilab beradi, jumladan, jinoyat qonunchiligini xalqaro standartlarga unifikatsiya qilish va muvofiqlashtirilganligi nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish, turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yadigan yoxud ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri jinoyat qonunchiligi prinsiplariga mos kelmaydigan qilmishlar uchun javobgarlik belgilanishiga yo‘l qo‘yadigan normalarni chiqarib tashlash, jinoyat kodeksida qo‘llaniladigan atama va tushunchalarni ularning mazmuniga aniq ta’rif berish va yagona shaklda qo‘llash orqali takomillashtirish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosi o`laroq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining loyihasi  muhokamaga qo`yildi hamda muhokama davrida 100 ortiq takliflar va muhokamalar bildirildi.

References

Рустамбоев М.Х,. Узбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шархлар. Умумий кисм.- Тошкент, 2006

М.Х. Рустамбоев. Узбекистон Республикаси жиноят хукуки курси. II том. Умумий кисм. Жазо тугрисида таълимот. Олий таълим муассасалари учун дарслик.

Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 03.02.2006

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 iyuldagi 16-sonli "Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida"gi Plenum qarori

Tojiyev E.A. Jinoyatning subyekti va motiviga ko`ra yengillashtiruvchi holatlar. – Toshkent, 2004

Downloads

Published

2023-10-02

How to Cite

Ma’rifjanov Mirzabahrom. (2023). JINOIY JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 81–84. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/685