JINOIY JAZONI YENGILLASHTIRISHRUVCHI HOLATLARNI BELGILASHNING HUQUQIY ASOSLARI

Authors

  • Ma’rifjanov Mirzabahrom O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi

Abstract

O`zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan amaldagi jinoyat kodeksiga asoslangan O`zbekiston Respublikasining jinoyat huquqi o`zining mohiyati va mazmuni jihatidan oldingi jinoyat huquqidan butunlay farq qiladi. Unda O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining muhim tamoyillari, jumladan qonuniylik, insonparvarlik, adolatlilik kabi tamoyillar o`z ifodasini topgan. Qonuniylik va huquqiy tartibotga rioya etishni ta`minlash yangi huquqiy davlatning muhim belgilaridan biridir. “Qonuniylik va huquq tartibot tantana qilmas ekan,-deb yozadi birinchi prezidentimiz I.A.Karimov, - huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo`lmaydi.

Jinoyat huquqiga tadbiqan qonuniylik shaxsning sodir qilgan qilmishini ijtimoiy xavflilik darajasini va shaxsini e`tiborga olib, javobgarlik va jazoni individuallashtirishni ta`minlagan holda, qonunga qat`iy rioya qilib, javobgarlikka tortish va jazo tayinlash masalasini hal qilishdan iboratdir. Hukm chiqarish va jazo tayinlash vaqtida yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni e`tiborga olinishi jazoni individuallashtirish hisoblanadi.

Yengillashtiruvchi holatlarni aniqlash va e`tiborga olish yangi mustaqil O`zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlaridagi insonparvarilik tamoyillarini amalga oshirishning muhim shartidir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek: “Huquqiy davlatning asosiy belgisi – barcha fuqarolarning qonun oldida tengiligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta`minlanishidir”.      Jazoni individuallashtirishda yengillashtiruvchi holatlarning e`tiborga olinishi O`zbekiston xalqi mentalitetiga xos bo`lgan xususiyat bo`lib, unda adolat tamoyillari o`z ifodasini topgan. Adolat va haqiqat g`oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog`i darkor, ushbu g`oya qonunchilik faoliyatining zamini, bosh yo`nalishi bo`lmog`i shart. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari, mehnat va uy-joy, nafaqa va soliq, tabiyatni muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, - qo`yingki, hayotimizning hamma jabhalarida ana shu zaminga tayanish zarur, - deb yozadi birinchi prezidentimiz I.A.Karimov.

Qilmishning ijtimoiy xavfliligi ma`lum darajada subyektning o`ziga xos xususiyatlari va jinoyat sodir qilish motivi orqali belgilanadi. Jinoyat sodir etishga jur`at tug`duruvchi va ta`sir qiluvchi barcha holatlar, eng avvalo subyektning ongida o`z intiqosini topadi, so`ngra uning idoraviy yo`nalishi shakllantiradi. Shunga ko`ra, har ikkala turkumga kiruvchi yengillashtiruvchi holatlarni tahlil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Chunki shaxs xulqining motivlashuvi va uning o`ziga xosligi har doim uzviy bog`liqdir.   

Sud tomonidan jazoni belgilashda, uni individuallashtirish maqsadida hisobga olinishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlar tizimini aniqlash jazoning odilligi va uning jazoga sazovorligini mustahkamlaydi. Mazkur tizimning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, birinchidan, uning tarkibiy qismlari bo‘lgan omillar real hayotda ko‘proq uchraydigan xillari  va turli-tuman jinoyatlar sodir qilish uchun tipik bo‘lgan holatlar aniqlaash bo‘lsa, ikkinchi tomondan uni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning jamoatchilik uchun xavfliligi darajasini jiddiy ravishda kamaytirish kabi jihatlarni qamrab oladi.

Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazoning to`g`ri tayinlanishi odil sudlovni amalga oshirishning muhim kafolatidir.  Adolatli jazo tayinlanishi undan ko‘zlangan maqsadlarga — mahkumni axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish, samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Sud amaliyoti tahlili sudlar tomonidan jazo tayinlashda qonun normalariga asosan to‘g‘ri qo‘llanilayotganligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning liberallashtirilishi mohiyatini o`zida aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasida jazo tayinlashning umumiy asoslari qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi. Jinoyat kodeksining 10-moddasida nazarda tutilgan javobgarlikning muqarrarlik prinsipi har doim ham jazo qo`llanilishi shartligni anglatmaydi. Shu tufayli sudlar, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, yetkazilgan ziyonni qoplagan shaxslarni jinoyat kodeksining 65, 66, 70, 71-moddalariga muvofiq javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari lozim ekanligi, 03.02.2006 yildagi 1-son “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori” da belgilab o`tilgan.

References

Karimov I.A. O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-T.: O`zbekiston,1996

Karimov I.A. O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. – T.: O`zbekiston,1992.

Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. - Т: Ўзбекистон, 1995

Ш. Мирзиёев. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. // Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. 2016 йил 7 декабрь.// uza.uz

Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодекси. – Тошкент: Адолат, 2019.

Ўзбекистон Республикасининг Жиноят-процессуал кодекси. – Тошкент: Адолат, 2019.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 iyuldagi 16-sonli "Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida"gi Plenum qarori

Downloads

Published

2023-10-02

How to Cite

Ma’rifjanov Mirzabahrom. (2023). JINOIY JAZONI YENGILLASHTIRISHRUVCHI HOLATLARNI BELGILASHNING HUQUQIY ASOSLARI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 85–88. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/686