PEDAGOGLARDA KOMPETENTLIK NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI

Authors

  • Akbarova Gulnoza Farg‘ona tumani 22-maktab ingliz tili o‘qituvchisi

Abstract

KIRISH. Hozirgi kunda jahonda ilm-fanga alohida e’tibor qaralimoqda shu jumladan mamlakatimizda ham ilm-fanga aloxida etibor qaratilmoqda.Jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro`y berayotgan katta o`zgarishlar kasbiy faoliyatning mazmuni va xarakterini sifat jihatdan qayta o`zgartirishni, bo`lajak o`qituvchilarning ijtimoiy kasbiy safarbarligi darajasini, raqobatbardoshligini belgilovchi sifatlarlarni talab etmoqda. Dunyoda qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora ortib, inson qalbi va ongini egallash, avvalambor, yoshlarning ma’naviy olamini izdan chiqarish, ularni o‘z qarindoshlariga qarama-qarshi qo‘yishga qaratilgan, el-yurtiga qarshi qo‘yishga qaratilgan tahdid va xurujlar kuchayib borayotgan bir paytda bugungi kun avlodining siyosiy faolligini oshirish, uning hayotda o‘z o‘rnini egallash, ta’lim-tarbiya maskanlarida yetuk inson bo‘lib yetishish masalalari dolzarb bo‘lib hisoblanadi.  Keyingi o‘n yilliklar mobaynida bir qator Yevropa, AQSh, Rossiya va bizning mamlakatimizda, oliy ta’lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bunda asosiy e’tibor, talabalarda egallayotgan mutaxassisligi bo‘yicha kompetensiya shakllanishi va takomillashuviga qaratilmoqda. Bugungi kunlarda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mutaxassis talab qilinayapti. U faol ijodiy fikrlovchi, izlanuvchan, ilmiy axborotlarni mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llovchi mutaxassis bo‘lib yetishishi lozim.Olimlarning fikriga ko‘ra, oliy ta’limni isloh qilish, yangilash, takomillashtirishda zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘llaridan biri kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv hisoblanadi. Oliy ta’limda o‘qish va tarbiyaning bunday uslubini joriy qilish o‘z-o‘zidan an’anaviy qarashlarni tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Bilim, ko‘nikma va tajribalar bu borada endi kamlik qilishi ko‘zga tashlanmoqda. Hozirgi zamon pedagogika fani va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassislik larga, fan va uslublarga, o‘qitish usullari, texnologiyalariga juda ko‘p e’tibor qaratilganligini sezamiz. Ammo ana shu pedagogik usullarni tushunish, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta’kidlash mumkin. Pedagogika fani ham boshqa gumanitar va tabiiy fanlar qatori o‘z o‘rgamchak ipiga o‘ralashib qolgandek tuyuladi. Muammo bu sohadagi pedagogik nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga tatbiq etishda yaqqol ko‘zga tashalanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilarda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish mahoratining yetishmasligi sezilmoqda. Demak, ko‘plab o‘qituvchi larni, pedagoglarni eskirib qolgan nazariy bilimlar yuki bosib qolyapti. Ularda zamonga xos tub o‘zgarishlarga mos kelish, munosib bo‘lish kabi sifatlar yetishmaydi. Huddi shu sifat kompetensiya – kompetensiya egasi bo‘lish, kompetent pedagog nomini olish masalasi hisoblanadi. Psixologik mazmunga ko‘ra, insonning biror sohaga bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorgarligi kasbiy kompetentlik sanalib, u kasbiy kompetentlik bilan kengroq tushuntiriladi. Hozirga qadar kompetensiya va kasbiy kompetentlik borasida ko‘plab nazariy qarashlar mavjud bo‘lib, aksariyat tadqiqotlar psixologiya va pedagogika fanlari doirasida amalga oshirilgan izlanishlar hisoblanadi. Garchi, pedagogika fanida ham kompetentlik muammosi keng qamrovli tadqiq etilsada, biroq kasbiy kompetentlikka oid psixologik bilimlar o‘ta ahamiyatli sanalib, ularni o‘rganish muammo borasida ko‘plab qiziqarli va ahamiyatga molik ma’lumotlarni berishi tabiydir. Mohiyatan qaralganda, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda kompetensiyaviy yondoshuvning roli, o‘z mazmunida kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy–psixologik tayyorlash kabi masalalar bilan uzviy bog‘liq sanalib, ularni tadqiq etish bo‘lajak pedagog xodimlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bilan bog‘liq muammolarga yechimlar olib kelishi ehtimoldan holi emas. “Kasbiy kompetentlik” mohiyatan, keng qamrovli psixologik tushuncha sanalib, unda shaxsga xos refleksiv, prognostik, analitik, tashkiliy, kommunikativ, proyeksion hamda tashkiliy jihatlar mujassamdir. Demak, kasbiy kompetensiya – insonning qadriyatlar olamiga kirishi hisoblanib, aynan unda inson mutaxassis sifatida o‘zini anglaydi va yangilik yaratadi.  Shuningdek, kasbiy kompetensiya insondagi sohaga oid bilim, ko‘nikma, malaka, tajriba, qobiliyat, iste’dod, kasbiy faziyalatlar, motivatsiya hamda qator xarakterologik sifatlar mazmuniga ham javob beruvchi fenomen hisoblanadi. Uni tadqiq etish kasb va shaxs haqida o‘ta ahamiyatli, qiziqarli ma’lumotlarni aniqlashga imkon berishi ehtimoldan holi emas. Katta psixologik lug‘at kitobida keltirilishicha, kasbiy kompetensiya quyidagicha izohlanadi: “kasbiy kompetentlik bu – bilim, kasbiy o‘z-o‘zini anglash, tajriba to‘plash, kasbiy istiqbolni baholay olish, xatti- harakatlar strategiyasini tanlash qobiliyati, kasbiy vazifalarni samarali bajarish tajribasidir”.

Mazkur ta’rifga muvofiq, kasbiy kompetensiya-faoliyat samaradorligini ta’minlovchi psixologik xususiyat sanalib, unda kasbiy vazifalarni hal etishning individual uslubi ham mavjud.

Yuqoridagilardan farqli o‘laroq, E.G.Islamgaliyevning aytishicha, kasbiy kompetentlik fenomenining mazmuni faoliyat jarayoniga xos bilim, ko‘nikma va usullar tizimida tahlil etilishi lozim ya’ni: – Shaxs faoliyati sifatida; – Shaxsning o‘ziga xos xususiyati sifatida; – Mustaqil, samarali, mas’uliyatli xatti-harakat turi sifatida; – Akmeologik  tushuncha sifatida; – Kasbiy mahoratning muhim tarkibiy komtponenti sifatida.

Mavzuiga oid adabiyotlar tahlili. Psixologiya fanida kasbiy kompetentlik va kasbiy muvofiqlik masalalari tadqiqotchilardan G. Gnedina, S.A. Popov, N.A. Svetkova, Ye.V. Snegova, A.P. Rojkova, A.A.

Jdanovich, I.Yu. Kuznetsov V.V. Bogdanova, A.K.

Markovoy, JI.M. Mitinoy, V.D. Shadrikova, I.A. Zimney, E.F. Zeyera, V.I. Baydenkolar tomonidan keng tadqiq etilgan bo‘lib, mazkur mualliflar tomonidan olib borilgan izlanishlarning mazmuni keng miiyosda mazmunida aks etgan. Bundan tashqari, kasbiy kompetentlik fenomeni keng qamrovli kategoriya sanalib, unda psixologik, sotsiologik, pedagogik, falsafiy yondoshuvlar ham farqlanadi. Quyida ushbu yondoshuvlarda aks etgan o‘ziga xos qarashlar haqida to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz.

Psixologik yondoshuvga ko‘ra, kasbiy kompetensiya – hozirgi zamon talablari asosida kasbiy vazifalarini mohirona bajara olish, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotga  qqo‘llay olish qobiliyatidir.

Bunda, bilim kasb  uchun olingan barcha kerakli ma’lumotlar tizimi sanaladi. Malaka esa, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash tajribasi sifatida qaraladi. Shuningdek, mazkur yondoshuvga binoan, kasbiy kompetensiyani tahlilida insondagi ishlash qobiliyati, motivatsiya darajasi, hayotiy vaziyatlarga tez moslasha olish ko‘nikmasi kabilar ham, e’tiborga olinishi maqsadga muvofiq sanaladi. Kompetentsiya tushunchasining ilk metodologik asoslari, zamonaviy psixologik tadqiqotlarga mos holda, ilmiy omma ixtiyoriga havola etildi. Bundan tashqari, XX asr oxiri – XXI asr boshlarida amalga oshgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hodisalar shuningdek, sohalararo amalga oshirilgan ilgʼor tadqiqotlar va zamonaviy jamiyatning kasblarga boʼlgan ehtiyoji kabilar ham keng taʼsir etdi.

Qolaversa, 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida psixologiya va pedagogika fanlarida yaratilgan, kasbiy faoliyatning oʼziga xosliklari borasidagi nazariyalar va konptseptsiyalar, “kasbiy kompetentlik” fenomenini keng tadqiq etish zaruratini yanada oshira bordi. Kasbiy kompetentlikka oid yondashuvlar ichida psixologik qarashlar oʼziga xos sanalib, unda kasb va shaxsga koʼplab xarakterologik sifatlar, kasbiy muvaffaqqiyatni taʼminlovchi psixologik omillarning mazmuni aks etgan.

Mazkur yodashuvda koʼra, muammoni oʼrganishning koʼplab uslubiy jihatlari eʼtirof etilib, ularga kasbiy faoliyatda shaxs imkoniyatlarini tekshiruvchi metodikalar, soʼrovnomalar, testlar kabilarni misol qilish mumkin. А.M.Novikovning soʼzlariga koʼra, shaxsning faoliyatga nisbatan moslashuvchanlik qobiliyati, vazifalarni bajarishga boʼlgan ijodiylik darajasi, hamkorlik qilishga nisbatan istakning yuqoriligi kabilar kasbiy kompetentlikni tushuntiruvchi psixologik unsurlardir[3]. Darhaqiqat, har qanday faoliyatning samaradorligi uchun avvalo, xohish-istak va ijodkorlik oʼta ahamiyatlidir.Tadqiqotchilar Dj.Raven, K.Kurtlarning xulosalariga koʼra, kasbiy kompetentsiya bu-shaxsning qadriyatlar tizimi, shaxs va jamiyat munosabatlari, shaxsning oʼzini tuta bilish strategiyasi, faoliyatda jamiyat talablarini tezda idrok etish, oʼz rolini anglash, qulay vaziyatlarni kutish, shaxslararo munosabatlarni yetarli darajada tushuna olish, xulq-atvor meʼyorlariga toʼliq amal qilish, kasbiy bilimlardan mohirona foydalana olish qobiliyati kabilarda ham aniq namoyon boʼladi[4,42]. Demak, qadriyatlar tizimiga sodiqlik, jamiyatda oʼz rolini anglash kasbiy kompetentlik shakllanganligining yaqqol ifodasi hisoblanadi.

Tahlil va natijalar. Har bir shaxsda mehnat funktsiyalarini bajarishga va jarayonlarni tashkil etishga qobiliyat boʼlishi lozim. Аgarda, ushbu sifatlar boʼlmasa, faoliyat samaradorligi haqida oʼylash haqiqatdan holi sanaladi.Kasbiy kompetentsiyaning shakllanganlik darajsi bu – boʼlajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik holati bilan uzviy bogʼliq sanalib, unda malaka, ishlash qobiliyati, oʼz-oʼzini rivojlantirish, kasbiy kamolotga erishish kabi jihatlar ajratiladi.

Sinaluvchilarning soʼrovnoma boʼyicha toʼplagan natijalari oʼzaro oʼrta darajadagi qiymatni qayd etgan.

Shuningdek, Kraskal-Uollis mezoniga koʼra, birinchi shkala ijtimoiy-axloqiy yetuklik pedagogika univesiteti talabalarida120,70, texnika universiteti talabalarida 150,40 va 115,70 natija bilan oʼrtacha farqni namoyon qilgan. (* – p ≤ 0,05; ** – p ≤ 0,01; *** – p ≤ 0,001). Maʼnaviy yetuklik shkalasi pedagogika yщnalishi talabalari 125,30, texnika yoʼnalishi talabalari 143,90 va boshqa tekshiriluvchilar 128,50 kabi darajalar bilan oʼzaro yuqori farqlarni namoyon etgan.

Keyingi shkala, ijtimoiy intellekt boʼyicha, pedagogika yoʼnalishi tekshiriluvchilarida 126,70, markaziy okrug harbiy xizmatchilarida 150,40 va Shu bois, koʼpchilik tadqiqotchilar kasbiy kompetentsiyaning tarkibiiy elementlari mavzusidagi ilmiy ishida, kasbiy kompetentlikning qadriyatli- semantik, motivatsion, instrumental, individual- psixologik, konativ (tashqi dunyoni oʼzlashtirishga boʼlgan munosabat) kabi tarkibiy qismlar oʼrtasida oʼzaro aloqalar mavjudligini alohida taʼkidlaydi. Masalan, Ye.V.Popova kasbiy kompetentsiyaning oʼzgaruvchan tabiatini tavsiflab, uni kasbiy tayyorgarlik davri hamda kasbiy faoliyatning mazmuni bilan asoslashga harakat qiladi. Bizningcha, kasbiy kompetentlik masalasini psixologik jihatdan oʼrganish quyidagi komponentlar bilan ham uzviy bogʼliq sanaladi: – Motivatsion – qadriyatli komponent - bu boʼlajak mutaxassisning kasbiy faoliyatga shaxsiy munosabati, uning oʼquv motivatsiyasi, shaxsiy maqsadlari va qiziqishlari kabilar bilan bogʼliq. Bundan tashqari, mazkur komponent faoliyatga boʼlgan ijobiy hissiy munosabat, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikka yetarlicha darajada javobning namoyon boʼlishi, hissiylik, kasbiy faoliyatning ahamiyati toʼgʼrisida xabardorlik, kasbiy oʼz-oʼzini rivojlantirish, oʼz-oʼzini tarbiyalash hamda oʼzini takomillashtirish harakatlarida yaqqol namoyon boʼladi; – Kognitiv komponent, bu har bir boʼlajak mutaxassisning soha haqidagi tushunchalari, kasbiy tasavvurlari, qobiliyati bilimlarni oʼzlashtirishdagi yutuqlari, oʼz kelajagiga boʼlgan munosabati kabilardan iborat; – Faoliyatga asoslangan komponent – bu mutaxassislarda shakllangan koʼnikma va malakalar darajasi bilan tavsiflanib, unda umumiy kasbiy maxsus bilimlar shuningdek, mavjud koʼnikma va qobiliyatlardan samarali foydalana olish qobiliyati, kasbiy faoliyatni yanada rivojlantirish va такомиллаштиришга тайёргарлик кабилар орқали тушунтирилади; – Shaxslilik komponent – bu shaxsga xos individual psixologik xususiyatlar toʼplamidan iborat boʼlib, u oʼqish uslubi, faoliyat surʼati hamda oʼzaro munosabatlardagi sifatlar va boshqalar bilan tavsiflanadi.

Xulosa qilib yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘qituvchilik kasbini tanlagan har bir pedagog o‘ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to‘g‘risida savol beradi. Zero masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo‘qmi degan muammo paydo bo‘ladi.

References

Мирзиёев Ш.М. Таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш масалалари бўйича https://president.uz/uz/lists/view/3924

Усманов Р.Н. Интеллектуализация процесса принятия решений в условиях нечеткой исходной инфомации // Aloqa Dunуosi. – Ташкент, 2007.

Усманов Р.Н. К вопросу интеграции нечетко-множественного подхода в процесс диагностики состояний сложных систем // Химическая технология. Контроль и управление. - Ташкент, 2006.

Жуманиёз Султонович Раматов, Машкура Инамжанована Рахимова, & Миршод Нўъмонович Ҳасанов (2022). МАФКУРАВИЙ ТАҲДИДЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИСЛОМИЙ ҚАДРИЯТЛАРНИНГ ЎРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1031-1036.

Downloads

Published

2023-10-11

How to Cite

Akbarova Gulnoza. (2023). PEDAGOGLARDA KOMPETENTLIK NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 41–48. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/701