AMIR TEMUR VA TEMURIYLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARINING PEDAGOGIK TAHLILI ASOSIDA
Abstract
KIRISH Amir Temur Ko’ragon ibn Amir Tarag’ay (1336-1406) “Temur tuzuklari” asarining ma’naviy – ma’rifiy va pedagogik mazmuni xususida fikr yuritishdan oldin uning ana shu ta’limoti shakllanishining zaminlari, diniy-axloqiy manba va ildizlari haqida aytib o’tishga to’g’ri keladi. Amir Temur ulug’ davlat arbobi bo’lish bilan birga zamonasining komilu fozil, benazir dahosi, Yaratganning nazari tushgan mislsiz qobiliyat va iste’dod egasi, ilm-fan va madaniyatning noyob sohibi edi.Buyuk bobokalonimiz yoshlik kezlaridan boshlab Sharq tarixi va falsafasiga, adabiyot va san’atga, islom dini va uning odob-axloqqa oid muqaddas ta’limotiga iymone’tiqod bilan qaragan. U xandasa, falaqiyot, mantiq, ilohiyot, fiqx, falsafa, tarix, axloqshunoslik, jug’rofiya, tibbiyot, adabiyot va san’at ilmlarini teran o’zlashtirgan. Zamonasining rasmiy uch tili, — turkcha, forscha va arabchani chuqur va mukammal bilgan. Temurning shijoatli ruhida ilm va ilm axdiga hurmatu e’zozi favqulodda kuchli bo’lgan. “Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aqlu idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi. Imon-e’tiqodli, halolpok inson bo’lib etishdi” Amir Temur naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Baxouddin va u yaratgan ta’limotga ixlos-e’tiqodi nihoyatda kuchli bo’lgan.
Amir Temur Xoja Shamsuddin Kulol, Sayyid Amir Kulol, Mavlono Zaynuddin Abu Bakr Toybodiy, Mir Sayyid Baraka singari ulug’ diniy allomalarni o’ziga pir deb bilgan, ularning ma’naviy-ruhiy madadlaridan, ta’limotlaridan doimo mislsiz kuch-quvvat olgan, buyuk davlat tizimini yaratish va mustahkamlashda foydalangan. Ilmiy manbalarda yozilishicha, Amir Temur mudom, saltanatda erishgan jamiki narsam va mustahkam makonlarni fath qilishim — bular hammasi Shayx Shamsuddin alFaxuriyning duosi, Shayx Zaynuddin al-Havofiyning hikmati tufayli va barcha topgan barakalarim esa faqat Sayyid Baraka yordamida , bo’lgan, der ekan. Amir Temur islom rahnamolari — sayyidlar, shayxlar, xo’jalarga samimiyat bilan munosabatda bo’lgan. Buyuk jahongirning islom diniga munosabati va tasavvuf ahliga e’tiqodi uning “Tuzuklar” va unga nisbat berilgan “Tarjimai hol” deb nomlangan asarlarida, Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” kitoblari va boshqa ilmiy manbalarda o’z ifodasini topgan.“Yana tajribamda ko’rib bildimki,-deydi Amir Temur davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigito’sig’i yo’q uyga o’xshaydi. Shuning uchun men o’z saltanatim binosini dini islom, to’ra va tuzuk asosida mustahkamladim… O’z saltanatimni shariat bilan bezadim”.Amir Temur sayyidlarga mehribonlik qilib, ularni o’ziga yaqin tutgan. Ulamo va fozillarga izzat-ikrom ko’rsatib, ularni boshqalardan ustun va ulug’, deb bilgan. Diniy arboblar, ulamo va shayxlar bilan mazmunli bahslar yuritgan, martabalarini har doim oshirib, sovg’a-salomlar in’om etib turgan. “Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqxdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qildim. Turli mamlakatlardagi sadrlar va qozilarga shariatning asosiy talablari qanday bajarilayotganligi xususida menga xabar qilib turishni buyurdim. Shunga o’xshash har el va har shaharda sipoh va raiyat orasida urf-odatlarga oid janjallashishlar haqida menga ma’lumot berib tursin, deb adolat amrini tayinladim. Shu tariqa dinni rivojlantirib, shariatni musulmon mamlakatlariga yoydim” Mustaqil Turkiston davlati ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishda Amir Temur Qur’on va Hadis talablariga qatiy amal qilgan, ularga zid ish qilishga zinhor yo’l bermagan. U islom dinini, shariat qonun-qoidalarini xurofot, bid’at, mutaassiblik, johillik, razolat, shakkoklik, diyonatsizlik kabi illatlardan astoydil turib himoya qilgan.Amir Temur diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlarni ham mukammal o’zlashtirgan. Ilm-fan va madaniyatning u xabardor bo’lmagan biron-bir sohasi bo’lmaganligiga uning keng qamrovli, mazmunan nihoyatda chuqur “Temur tuzuklari” misoldir.Ilmiy, falsafiy, tarixiy manbalarda, hozirgi zamon muarrixlarining asarlari, ilmiy tadqiqotlarida Amir Temurning Movarounnahr, Xurosonning bir necha ming yillik ilmfan,Amir Temur yoshligida olishuv-kurash, ot o’yinlari, chavandozlik, poyga, merganlik (tirandozlik), qilichbozlik, nayzabochlik, tosh ko’tarish, uzoqqa chopish kabi musobaqalarda qatnashib, chiniqqan. Yoshligidagi bu o’yin-mashqlar keyinchalik sohibqironga juda asqotgan.Mustaqilligimiz sharofati bilan tarixni xolisona o’rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo’ldik. Chunki uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning mavqeini munosib o’rniga qo’yish imkonidan mahrum edi. Darhaqiqat o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unitilishga mahkum etildi. Bundan ko’rinadiki xalqimizning yuragidan milliy ong, millliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, xalqni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unitmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi. Muhammad Tarag’ay Bahodir o’g’li Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zexn va aql-idrok egasi bolib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi, Quroni Karimni yod oldi, hadis ilmini o’rgandi, iymon- etiqodli, halol-pok inson bo’lib yetishdi. Darhaqiqat, I. A. Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg’usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyib yarmiga jahongir ersa-da, u kuch- qudrat, zo’rlik, zo’rovonlik emas adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo’lsa kerakki, o’tmishda ilm ahli, mashxur muarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’ragon, Sohibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qoshib, uni e’zozlab, ulug’lab, hikoyat, rivoyat va xotiralar bitganlar. Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfellik, adolat, saxovat, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o’rinlari qanday bo’lishidan qat’iy barchani birdek hurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo’lish, berilgan vada va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan. U yoshligidan o’z oldiga ona yurtni mo’g’il bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo’ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko’tarib, dunyoga mashxur qildi. Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko’p asrlar davomida Sharq va G’arb davlatlariga o’rnak va andoza bo’ldi. Uning zamonida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko’p an’analari takomiliga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko’rsatgan cheksiz mehr-muruvvati ayniqsa ibratlidir. Amir Temur nomi tarixda Movarounnaxr va buyuk Turkiston o’lkalarida ilm-fan homiysi sifatida ham qolganini ta’kidlash lozimdir.
Ma’lumki, u nafaqat o’z mamlakatini, balki o’zga o’lkalarni ham obod qilish uchun katta kuch va g’ayrat sarflagan. Doktor Shamsuddin Samiyning “Alq A’lom” qomusining “Temur” bandida Amir Temurning o’zi olim bo’lgani, ulamolarning rahnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag’batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o’z poytaxti Samarqandni katta g’ayrat bilan obod qilib, u yerda qator madrasa, kutubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, “Tuzuklar” nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o’z tarjimayi holini ham adabiy, chig’atoy tilida yozgani hamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o’tadi. Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor hujum qilishga qodir, muayyan taktik va strategiyaga ega bo’lgan qudratli armiyaga asos soldi. Bu armiya o’nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo’lingan edi. Amir Temurning harbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko’p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning harbiy akademiyalarida, maxsus o’rganilgan va hozirgi kunga qadar o’rganib kelinmoqda deb, ta’kidlashi ham Sohibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi. Zamondosh tarixchilar sohibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g’amxo’ri bo’lganligi edi deb e'tirof etishadi, jahongirlik qoidasi esa haqiqat sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat deb tushinilgan. Buyuk bobokalonimiz har doim “insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug’laydi”, degan hikmatli so’zlarni takrorlashni xush ko’rgan va o’z hayoti davomida bunga qat’iy amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob-axloq, iymon-etiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o’zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishoch hosil qilish uchun uning o’zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid qoidalar, o’gitlar, pand- nasihatlarni, shuningdek, Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko’zdan kechirish kifoya. Tarix fanlari doktori Ashraf Axmad Sohibqiron Amir Temurning o’zi amal qilgan sifatlarni yuksak baholaydi. Bular quyidagilar: - Hammaga ham bir xil: jiddiy va odil qaradim. Boyni kambag’aldan ustin qo’ymadim; - Islomga qat’iy rioya qildim; - Men kambag’allarga ko’p xayr-exson qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to’g’ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim; - Xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf yetkurdim; - Birovga nohaq ozor yetkazmadim va mendan yordam so’rab kelganlarni ko’kragidan itarmadim; - Islomga taaluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustin qilib keldim; - Barcha so’zlarimdan doim haqiqatgo’ylikka amal qildim; - Men har kimga va’da bersam, unga vafo qildim; - Doimo o’zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf etmadim; - Men har doim insof bayrog’ini baland ko’tardim va iymon tarqatishni o’z buyukligimning qudratli zamini deb bildim; - Men doim saidlarga ehtirom bilan qaradim, ulamo va shayxlarni ezozladim.
Shunday qilib sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va o’gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi, ularni bitmas tuganmas xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz. Bu o’gitlar sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish, goh muvaffaqqiyatli, goh muvaffaqqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umirining ijodiy mevasidir. Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqqiyatlarga erishtirgan sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona-pedagogikadir. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra Sohibqiron Amir Temur o’gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o’rganish maqsadga muvofiqdir: 1) Islom dini va shariat qonunlari haqidagi o’git-nasihatlar; 2) Davlat va uni idora etish; 3) Podsho va vazirlar haqida o’git-nasihatlar; 4) Axloq va odobga oid o’gitnasihatlar. Ushbu qayd etilgan pand-nasihatlar sohibqironning o’z tajribasida sinalgan, hayotga tadbiq etilgan juda katta ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular Temur va temuriylar sulolasi davrida ta’lim- tarbiya tizimida katta ahamiyatga molik bo’ldi. Amir Temurning Movaraunnaxrda fan, ma’rifat va madaniyat sohasidagi sa’yiharakatlari jahon taraqqiyoti tarixida musulmon renessansi deb atalgan ilmiy, ma’rifiy va madaniy yuksalishga olib keladi. Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Jomiy, Navoiy, Behzod, Bobur va Boburiylar ana shu sharq yuksalishi avj olgan davr farzandi edilar. Amir Temur va temuriylar davrida Movaraunnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar imkon darajasida yoritilgan. Amir Temurning ilm-fan maorif, madaniyat ravnaqi yo’lidagi tadbirlari, uning Mirzo Ulug’bek, Shoxrux Mirzo, Husayn Boyqaro va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirilishi haqida so’z yuritiladi. Ishda islom dini, uning mamlakat ilm-fan, maorif taraqqiyotiga ta’siri ham yoritiladi. NATIJA “Amir Temur - buyuk shaxs, - deb yozadi akademik B.Axmedov- kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruxshunos, shu bilan birga el-yurt sevgan va uni mashxur qilgan inson ” U yetti iqlim Sohibqironi, 27- mamlakatni birlashtirib buyuk saltanatni vujudga keltirgan Movaraunnaxr Amir Temur va Xurosonda madaniyat, ilmu-ma’rifat, ta’lim-tarbiyani yanada rivojlantirib uni dunyoga tanitadi. U haqiqatdan xam ko’p qirrali aql, salohiyat egasi, donishmand bo’lgan. Uning shaxsi haqida birinchi prezidentimiz I. A. Karimov: “Muxammad Tarag’ay Bahodir o’g’li – Amir Temur yoshlik chog’laridan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zexn va idrok egasi bo’lib o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi”,- deb aytgan edi. Quroni Karimni yod oldi. Hadis ilmini o’rgandi. Imonetiqodli, halol pok inson bo’lib etishdi. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni uning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, jabhalardagi merosi, shuningdek davlatni boshqarish, ichki-tashqi siyosat olib boorish, mamlakatni himoya qilish, harbiy san’at, huquq, adolat, ilm-fan, san’at, adabiyot, maorif sohasidagi siyosatiga yetarlicha baho berilmadi. O’zbekiston Mustaqillikka erishganidan so’nggina milliy merosimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz umuman ma’naviyatimizni o’rganish, unga baho berish va tiklanishning imkoniyatlarini yaratadi. Amir Temurning ko’p qirrali faoliyati, murakkab shaxs ekanligi o’sha davrda yozilgan qator asarlarda ifodalangan. Hofiz Boburning “Zubdat ut tavorix”, SHarofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Fasih Ahmad Havofiyning “Mujmali Fasihiy”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlaus sadayn va majmual baxrayn”, Ibn Arabshohning “Ajayibul- maxdur fi axbori Temur”, nomli asarlari o’sha davrning qimmatli yozma manbalari hisoblanib, ularda Amir Temurning hayoti va ko’p qirrali faoliyati ma’lum darajada, hikoya qilinadi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug’bekka o’tgani shubhasiz. Mirzo Ulug’bekning davlat arbobi bo’lish bilan birga buyuk olim darajasiga etishishida bobosi Amir Temurning xizmati benihoya katta bo’lgan. U Ulug’bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan. Amir Temur ma’naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo’yi amal qilgan «Kuch-adolatdadir» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmunini mujassamlashgan. Amir Temurning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari uning o’z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o’gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o’z ishiga munosabati, aholi turli qatlami, raiyatning haq-huquqlarini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayoti ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalarda o’z ifodasini topgan.
References
Karimov I. A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. Toshkent, O’zbekiston, 1994 yil.
Karimov I. A. Amir Temur faxrimiz, g’ururimiz. Toshkent, O’zbekiston.
Karimov I. A. Istiqlol va ma’naviyat. Toshkent, O’zbekiston. 4.Amir Temur o’gitlari. Toshkent, Cho’lpon. 5.Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at, Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti.
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License
Copyright (c) 2023 Sodiqova Dilnoza
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
All Rights Reserved.