QALQONSIMON BEZ GIPOFUNKSIYA XOLATIDAGI ONALARDAN TUG’ILGAN AVLODLARNING MEZENTERIAL LIMFA TUGUNLARINING MORFOLOGIK O’ZGARISHLARI

Authors

  • Abdullayev Javohir Toshkent tibbiyot akademiyasi
  • Ergashev Suhrob Toshkent tibbiyot akademiyasi

Keywords:

Gipoterioz, Limfa tuguni, Bepushtlik, Immunitet

Abstract

Qalqonsimon bezning funktsional holatiga atrof-muhitning ifloslanishi, ijtimoiy sharoitlar va ovqatlanishning yomonlashuvi, stress ta'sirining oshishi, aholining allergizatsiyasi va immunizatsiyasi ta'siri ostida o'zgaradi. Shu munosabat bilan, keyingi yillarda qalqonsimon bez patologiyasi nafaqat tibbiy balki ijtimoiy muammoga aylanib bormoqda. Populyatsiyada  gipotireozning  tarqalishi odatda  gipertireozga qaraganda yuqori bo'ladi. Germaniyada gipotireozning o'rtacha tarqalishi 0,2% ni, subklinikasi esa 3,6% ni tashkil qiladi. Jahonda bir qator ilmiy nashrlarga ko'ra, gipotireoz bilan kasallanish juda keng diapazonda o'zgarib turadi - 100 ming aholiga nisbatan  12 dan 345 gacha.[http\\www.pathologyoutlines.com]. Qalqonsimon bez metabolizmning barcha turlariga gumoral ta'sir ko'rsatadi, gomeostazning individual darajasini belgilaydi, organizmning fiziologik va patologik jarayonlarida neyroimmun-endokrin regulyatsiyasining ajralmas bo'g'ini rolini o'ynaydi, ular orasida homiladorlik alohida o'rin tutadi. JSST ma'lumotlariga ko'ra, qalqonsimon bez patologiyasi ayollarda homiladorlik paytida va homilaning gomeostatik mexanizmlarini rivojlanishida yuqori xavfli omillardan biridir. Qalqonsimon bezning reproduktiv funktsiyani normal ushlab turishdagi ahamiyati katta: gipotireoz bilan ko'pincha bepushtlik rivojlanadi, homilador ayollardagi gipotireoz ulardan tug'iladigan avlodga salbiy ta'sir ko'rsatib, rivojlanayotgan organizmda immunogenez jarayonining buzilishi va immun tanqisligiga, markaziy asab tizimiga zararli tasir ko’rsatib differentsiatsiyasining buzilishiga olib keladi.

References

Долбин И.В., Екимовских А.Ю. Гипотиреоз и ишемическая болезнь сердца: современное состояние проблемы.

Кандрор В. И. Молекуляpно-генетические аспекты тиреоидной патологии

Ларева Н.В. Некоторые патогенетические механизмы развития сердечной недостаточности у больных гипертонической болезнью

Мазур Е.С., Килейников Д.В., Орлов Ю.А., Мазур В.В., Тимешов Т.Ю. К вопросу о патогенезе артериальной гипертензии у больных с первичным гипотиреозом.

Мaдиярoвa М.Ш., Мoргунoвa Т.Б., Фaдeeв В.В., Насимов Б.Т., Ипполитов Л.И. Ocoбeннocти клиничecкoй кaртины, пoкaзaтeлeй кaчecтвa жизни и кoгнитивных функций у пaциeнтoк c гипoтирeoзoм рaзнoй этиoлoгии.

Мирхамидова С. М., Ботирова Н. Б., Камбарова С. А..

Особенности распространенности сердечно-сосудистых заболеваний

Mirzamuhamedov O. X. Gipotireoz bilan kasallangay ona kalamushlardan tug’ilgan bola kalamushlar yurak devorining morfologik xususiyatlari.

Downloads

Published

2023-12-01

How to Cite

Abdullayev Javohir, & Ergashev Suhrob. (2023). QALQONSIMON BEZ GIPOFUNKSIYA XOLATIDAGI ONALARDAN TUG’ILGAN AVLODLARNING MEZENTERIAL LIMFA TUGUNLARINING MORFOLOGIK O’ZGARISHLARI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 196–204. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/754