KIRISH SO'ZI

Authors

  • A.K. Kirg‘izbayev Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

Abstract

Soʻngi yillarda Respublikamizning barcha jabhalarida keng koʻlamli va shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻz navbatida ta’lim tizimida ham keskin burilish roʻy berdiki, uning asosi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida”gi Farmonini aytishimiz mumkin. Unda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta koʻrish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida qator vazifalar belgilangan.

Jumladan, yangi avlod oʻquv adabiyotlar resurlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, axborot-resurs markazlari fondlarini mustahkam yangilab borish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy raqamli vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, oʻqituvchilari va yosh tadqiqotchilarini jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini keng joriy etish va boshqa koʻp sonli vazifalar ana shular qatoriga kiradi.

YUNESKO Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Bizning dunyomizmi oʻzgartirish: 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibi”ga muvofiq bergan tavsiyalariga koʻra, raqamli savodxonlik pedagogik ta’limning barcha shakllarini hamda butun hayoti davomida pedagogik faoliyatining elementi boʻlishi kerak deb ta’kidlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli Oʻzbekiston — 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarga muvofiq universitetimizda ham ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

CPM tizimining universitet faoliyatining barcha yoʻnalishlariga интеграция қилиниши, elektron kutubxonalar va ma’lumotlar bazalari orqali universitet talabalarimizga ilmiy maqolalar, kitoblar, jurnallar va boshqa manbalardan foydalanish imkonini beradi, bu esa zamonaviy bilim va ilmiy materiallardan foydalanishni osonlashtiradi. Ma'muriy jarayonlarni avtomatlashtirish hujjatlarni qayta ishlash, dars jadvallarini boshqarish, baholash va boshqa ma'muriy vazifalarni bajarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Bulutli texnologiyalar va ma'lumotlarni saqlash universitet resurslariga istalgan joyda va istalgan vaqtda kirish imkonini beradi. Deyarli barcha oʻquv xonalarida interfaol doska va multimediali oʻquv qurollari mavjud.

Ta’lim tizimida roʻy berayotgan muammolarni oʻrganish, muhokama qilish, yechimlarni topish va istiqbollarini belgilash, shuningdek ta’lim tizimi rivojiga qaratilayotgan masalalar va ularni yechimlari “Ta’lim tizimida innovatsion va raqamli texnologiyalarni qoʻllash masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy - amaliy anjumanida muhokama etilishi koʻzda tutilgan.

Anjumanda koʻtarilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamli ta’lim resurslarini yaratish va amalda qoʻllash, pedagogik tadqiqotlarda raqamli va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, raqamli jamiyatda mutaxassislik fanlarni oʻqitish hamda ta’lim tizimida sun’iy intellekt muammolari hozirgi kunning dolzard mavzulari hisoblanadi.

Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish, oʻquv jarayoniga raqamli ta’lim resurslarin joriy etish, ular asosida talabalarning yangi bilimlarni idrok etishini ta’minlash orqali yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sohasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. “Raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassis va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish” ustivor vazifa etib belgilangan. Bunda oliy ta’lim tizimida virtual va toʻldirilgan reallik, sun’iy intellekt, “bulutli” hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish va ularni amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilgan.

Xulosa oʻrnida ta’kidlash joizki, ta’lim tizimida fan va texnikada erishilgan zamonaviy yutuqlaridan keng foydalanish, innovatsion ta’lim texnologiyalari va raqamli texnologiyalarga asoslangan didaktik modellardan, zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali ta’lim oluvchilarga bugungi kunda zarur boʻlgan zamonaviy bilimlarni olishlarini ta’minlaymiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda ushbu xalqaro ilmiy - amaliy anjuman oflayn va onlayn tartibda oʻtkazilishi rejalashtirildi va oʻz ichiga quyidagi 5 ta shoʻbani qamrab oldi:

1-shoʻba

Uzluksiz ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning mavjud holati va istiqbollari

2-shoʻba

Raqamlashtirish sharoitida ta’limda pedagogik va innovatsion yondashuvlar

3-shoʻba

Raqamli jamiyatda mutaxassislik fanlarni oʻqitishning zamonaviy yondashuvlari

4-shoʻba

Pedagogik tadqiqotlarda raqamli va innovatsion texnologiyalaridan foydalanish jarayoni

5-shoʻba

Ta’limda ergonomika va sun’iy intellekt: ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi

Ushbu anjumanga 100 dan ortiq maqola va tezislar kelib tushgan. Kelib tushgan maqolalarning deyarli barchasi bugungi kunning dolzarb muammosini yechimiga qaratilgan.

Oʻylaymanki ushbu oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyada aynan bugungi kunning dolzarb masalalarini qamrab olgan boʻlib, oldimizga qoʻygan vazifalarni amalga oshirilishida, erishilayotgan natijalar Davlatimiz Rahbarining doim diqqat markazida ekanligini unutmasligimiz lozim.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, ishlaringizda ulkan muvafaqqiyatlar tilab qolamiz.  

Downloads

Published

2024-05-25

How to Cite

A.K. Kirg‘izbayev. (2024). KIRISH SO’ZI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 4–6. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/955