AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIMDAGI OʻRNI

Authors

  • Azimxoʻjayev Muhammadbobur

Abstract

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va oʻziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yoʻnalishda ilgari boʻlmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi toʻsiqlarni yengib oʻtish imkon beradi:

1) Bilimlarni egallash yoʻlidagi toʻsiqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yoʻlidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv koʻnikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar toʻplash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali boʻlib xizmat qiladi.

2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yoʻlidagi toʻsiqlarni yoʻqotadi. Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda koʻplab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati.

3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlidagi toʻsiqlarni yoʻqotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar – saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yoʻqotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan oʻquv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi. Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta’lim muammosini globalizasiyalashtirish – seminarlar oʻtkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha – elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni toʻplangan bilimlarni yetkazish, ularni toʻldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan – bu ta’lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham boʻlmagan, ilg‘or axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini oʻzgartirdi. Jamiyat faqat fanning oʻzi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va oʻqitish tizimi bilan ham bog‘liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta’limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud boʻlib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qoʻshilmoqda. Bugungi kunda Internetga simsiz ulanishni ta’minlovchi, shu jumladan, mobil telefonlar soni Internetga ulanadigan shaxsiy kompyuterlar sonidan ortib ketdi. Hozirgi kunda elektron savdo jahondagi hajmi 233 mlrd. dollarni tashkil etadi. foydalanuvchilar soni koʻpayib borishi bilan axborot texnologiyalari faqat inson tasavvuri imkoniyatlari bilangina chegaralanadi. Barkamol, har tomoonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta’lim tizimidan yosh avloddan faqat milliy madaniyat yutuqlarini emas, balki umuminsoniy dunyo madaniyati yutuqlarini ham egallab olishga intilishni shakllantirishni talab etadi. Barkamol shaxsni tarbiyalash g‘oyasi milliy mustaqillikning ustuvor g‘oyalaridan biri hisoblanadi.

Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish soʻzsiz yangi axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib, fuqarolik jamiyatini qurib boʻlmaydi. Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat boʻlishi kerak. Mustaqil Respublikamizning rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik, mukammal boʻlishi kerak.

References

A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent «Oʻqituvchi», 2002.

Muslimov N.A va boshqalar. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. Oʻquv-metodik qoʻllanma. – T.: “Sano-standart”, 2015.

Ishmuhamedov R.J., M.Mirsolieva. Oʻquv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari. – T.: «Fan va texnologiya», 2017,

М. М. Аripov, Т. Imomov va boshqalar «Informatika, axborot tehnologiyalari» Т. ТDTU, O`quv qo`llanma.

Downloads

Published

2024-05-25

How to Cite

Azimxoʻjayev Muhammadbobur. (2024). AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIMDAGI OʻRNI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 39–41. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/963