TA’LIM JARAYONIDA MULTIMEDIYA VOSITALARINI QO'LLASH

Authors

  • Jumayeva Durdona Ivayloyevna

Abstract

Multimedia vositalari hozirgi paytda ta’lim va kasbga tayyorlash sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kompyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat koʻrsatish), axborot markazlarida kutubxona, muzey va hokazolarda muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda. Bilimlarni chuqurlashtirishda, oʻqitish muddatini qisqartirishda va bir oʻqituvchiga tinglovchilar sonini oshirishga imkon beruvchi kompyuterli dars beruvchi multimedia tizimlari alohida oʻrin egallaydi.

Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meer (Maer) ham aytib oʻtgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham koʻra multimedianing ma’lum ustunligi mavjud.

Multimedia vositalarini ta’limda qoʻllash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:

  • ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash;
  • oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish;
  • ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (oʻzlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, oʻzini oʻzi tarbiyalash, oʻzini oʻzi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qoʻllay olishi, oʻrganishga boʻlgan qiziqishi, mehnatga boʻlgan munosabati);
  • ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
  • kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
  • ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub’ekt sifatida qarash, uning qadr-qimmatini tan olish;
  • ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
  • mustaqil oʻquv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil oʻqib va rivojlanib boradi;
  • ta’lim oluvchilarda, oʻzlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez oʻzgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish.

Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga koʻmaklashish imkoniyatlariga koʻra, shuningdek, har xil turdagi multimediali oʻquv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga koʻra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.

Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) boʻlib, u oʻqituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan koʻra keng koʻlamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; koʻrgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy oʻrganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.

Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini toʻliq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) oʻqituvchining koʻmagi zarur boʻladi.

Elektron interaktiv doska – raqamli, dasturiy va Internet texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlar kombinatsiyasidir. Bu ta’lim sohasidagi keskin oʻzgarish hisoblanadi, chunki an’anaviy doska va boʻrlar elektron koʻrinishga oʻtadi. Elektron interaktiv doska - personal kompyuter uchun periferiya qurilmasi hisoblanadi. Proektor qurilmasi bilan birgalikda videoroliklarni, rasmlarni va boshqa ob’ektlarni yaratish va namoyish etish, kompyuter xotirasiga saqlash yoki printer orqali bosmaga chiqarish mumkin.

Xulosa oʻrnida, Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega boʻlgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug‘diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va oʻqish malakalari oʻsishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual oʻzlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.

References

Abdurakhmanova, S. A. (2018). Developing Students’ Intellectual Skills at Pedagogical Universities of Uzbekistan Republic based on Multimedia Technologies. www. auris-verlag. de.

Abduxakimovna, A. S. (2021). Use of multimedia technologies in the development of intellectual skills of students of pedagogical higher education institutions. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 8(1), 1483-1488.

Elmurzaevich, M. A. (2022, February). Use of cloud technologies in education. In Conference Zone (pp. 191-192).

Muratov Elvin Ilich. (2022). Problems of choosing innovative strategies for the educational process based on empirical methods. World Bulletin of Social Sciences, 8, 101-103. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/732

Kadirbergenovna, B. L. (2023, November). Distance education system as a modern method of training. In E Conference World (No. 2, pp. 97-102).

Kadirbergenovna, B. L. (2023). Teaching computer graphics on the basis of modern methods as a pedagogical problem in the conditions of digital education. World Bulletin of Management and Law, 23, 52-55.

Sharofat, O. R. (2023, May). Electronic learning resources and requirements for their creation. In International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming.

Бакиева, З. Р., & Мамараджапов, О. Э. (2017). К вопросу о мобильном обучении с помощью современных технологий и язык программирования java. In Информатика: проблемы, методология, технологии (pp. 13-16).

Бакиева, З. Р., & Мухаммадхўжаев, Б. Б. (2018). Возможности информационно-коммуникационных технологий в формировании личности учащихся.

Bahadir, U. S. (2023, November). Creating a control test in plickers. In E Conference World (No. 2, pp. 107-111).

Downloads

Published

2024-05-25

How to Cite

Jumayeva Durdona Ivayloyevna. (2024). TA’LIM JARAYONIDA MULTIMEDIYA VOSITALARINI QO’LLASH. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 50–53. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/966