ZAMONAVIY DASTURLASH TILLARINI OʻRGANISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Mahmudjonov Behruzbek
  • Jusjasarov Baqitjan

Abstract

Insoniyat tarixining koʻpasrlik tajribasi ezgu g’oyalar, sog’lom mafkura va zamonaviy bilimlardan mahrum bar qanday jamiyat tanazzulga yuz turishini koʻrsatgan. Shuning uchun bizrung mamlakatimiz ham oʻz oldiga ozod va obod Vatan, demokratik jamiyat barpo etish, erkin va farovon ot qurish, rivojlangan davlatlar qatorida borish maqsadini qoʻygaii. Oʻsib kelayotgan yoshlami kelajak jamiyatning faol quruvchilari boʻlishi uchun ulami fan va texnikaning eng ilg’or va zamonaviy yutuqlari bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllashga oʻrgatish talab qilinadi. Bu holat ayniqsa, kompyuter bilan bog’liq iqtisodiy, siyosiy va amahy masalalami yechishda yaqqol oʻz aksini topadi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda [1].

Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga oʻqitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi oʻquv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Mana shu jarayonda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishga e’tiborni qaratish davr talabi sifatida dolzarbligini hech qachon yoʻqotmaydi. Chunki barkamol avlod tarbiyasi har qaysi davlatning eng asosiy ustuvor vazifasi hisoblanadi. Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shunday degan edilar;-“Har qaysi davlat, har qaysi millat oʻz farzandlari qiyofasida, unib-oʻsib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos eng goʻzal fazilatlarni namoyon etadigan, uning ezgu orzu-niyatlarini amalga oshirishda mardlik va fidoyilik koʻrsatishga qodir boʻlgan oʻz tayanchi va suyanchini koʻrishi tabiiydir”. Darhaqiqat, bugungi avlod istiqbolda yangi Oʻzbekistonning taraqqiyotini ta’minlashi uchun ham jismoniy va ma’naviy sog’lom, intellektual salohiyatli boʻlishi talab etiladi.

Mamlakatda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash axborot jamiyatini shakllantirish jarayonini amalga oshirish, axborot texnologiyalarini samarali joriy etish va foydalanishni talab etadi. Iqtisodiyotimizning barcha jabhalari, shu jumladan jamiyat hayotiga axborot texnologiyalarini joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, uning bir necha barobar oʻsishiga imkon yaratadi.

Zamonaviy dasturlash tillarini oʻrgatuvchi oʻquv materialini oʻzlashtirish quyidagi darajalardan iborat:

Boshlang‘ich daraja - talabaning eshitganlari ularga berilgan namunalar, koʻrsatmalar algoritm asosida topshiriqlarni bajarish koʻnikmasini ifodalaydi.

Algoritmik daraja - bilim va koʻnikmalar mazmunini tatbiq qila olish mahorati, berilgan algoritm boʻyicha topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish koʻnikmasini ifodalaydi.

Evristik daraja - berilgan oʻquv vazifalarini yechish uchun oʻzgarishlar kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish, oʻquv muammosini hal etish uchun yangi axborotlarni mustaqil tarzda izlab topish malakasini aniqlaydi.

Ijodiy daraja - avval oʻrganilgan algoritmlardan butunlay farq qiluvchi, sifat jihatidan yangi algoritmlar tuza olish malakasi bilan ifodalanadi.

Zamonaviy dasturlash tillarini oʻrganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Zamonaviy dasturlash tillari tasniflanishini 9-sinf oʻquvchilari misolida koʻrish mumkin. Bunda Informatika va Axborot texnologiyalari fanidan Python dasturlash tili oʻrgatilmoqda. Python dasturlash tili boshqa tillarga nisbatan oʻrganish ancha oson va shu bilan birga imkoniyatlari boy boʻlgan til hisoblanadi. Ya’ni, til oʻrganishni boshlovchilar uni osonlik bilan oʻrganishlari mumkin, shu bilan bu til yordamida ancha-muncha jiddiy amaliy loyihalarni ham amalga oshirish mumkin.

Python dasturlash tilining keng miqyosda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan uch asosiy soha boʻlib bular, veb-dasturlash (backend – vebserver uchun ilovalar yozish), sun’iy intellekt masalalari, kompyuterda foydalanuvchi juda koʻp marta bajaradigan mayda ishlar (elektron xatlarni joʻnatish, fayllarni izlash va bosmalash, elektron jadvaldan biror-bir ma’lumotlarni ajratib olish va xakozolar).

Python oʻrganish ancha oson boʻlgan dasturiy til boʻlib, agar tabiiy tillar bilan oʻxshatish qiladigan boʻlsak, biror-bir tilda fikrni yetkazish uchun ma’lum vaqt soʻzlarni, tilning grammatikasi oʻrganish kerak boʻladi. Qandaydir minimal bilim shakllangandan soʻng, astasekin inson oʻz fikrini ifoda eta boshlaydi. Dasturlash tillari bilan ham holat xuddi shunday. Biror dasturlash tilida amaliy foyda keltiradigan dastur yozishni boshlash uchun ma‘lum bilimlar majmuini egallash kerak, shundan soʻnggina dasturlashni boshlash mumkin. Boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, Pythonda amaliy ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqishga ancha ertaroq, hali tilning katta qismini oʻrganmasdan turib ham kirishish mumkin.

Python interpretatsiya qilinadigan dasturiy til. Dasturlash tillarini interpretatsiya qilinadigan va kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tillariga boʻlishadi. Aniqroq aytganda, agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish interpretatsiya orqali amalga oshirilsa, bunday tillar interpretatsiya qilanadigan til deyiladi. Agar dasturlash tilidagi dasturni bajarish uchun uni avval mashina tiliga oʻtkazish talab qilinsa, bunday tillar kompilyatsiya qilinadigan tillar deyiladi. Aslini olganda, kompyuter uchun yozilgan har qanday dastur interpretatsiya qilinadi. Chunki mashina kodlaridagi dastur kompyuterning miyasi boʻlgan protsessor tomonidan interpretatsiya qilinadi. Interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan dasturlar uchun maxsus – interpretator dastur mavjud. Bu interpretator dastur kodlarini bajarilishini ta’minlab beradi.

References

Musayeva, S. (2022). Importance of marketing service in enterprises in the conditions of implementation of development strategy in uzbekistan. Science and innovation, 1(A4), 280-286.

Eric Matthes Python Crash Course, a hands-on, Project-Based, Introduction to Programming, ISBN-13: 978-1-59327-603-4, 2016, 562 p.

https://www.texnoman.uz/post/dasturlash-tillari-ularning-turlari-va-asoslari.html

https://www.texnoman.uz/blogs/web-dasturlash

Saidiabzal, S. (2023). Comparative analysis of programming languages used in education. образование наука и инновационные идеи в мире, 22(1), 151-153.

Mamarajabov Odil Elmurzaevich. (2022). Formation of students’ competence in the use of cloud technologies in the information educational environment. World Bulletin of Social Sciences, 8, 79-80.

Ilyich, M. E. (2023). Big data analysis in education. World Bulletin of Management and Law, 23, 74-76.

Laylo, B., & Malika, D. (2023). Capabilities of scratch for working with animations. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(11), 1118-1120.

Bahadirovna, S. D. (2022, February). Enrich educational content through multimedia resources using digital technologies. In Conference Zone (pp. 220-221).

Бакиева, З. Р. (2021). К вопросу о создании и использовании электронной системы компьютерной анимации для студентов. Наука и образование сегодня, (10 (69)), 30-31.

Downloads

Published

2024-05-25

How to Cite

Mahmudjonov Behruzbek, & Jusjasarov Baqitjan. (2024). ZAMONAVIY DASTURLASH TILLARINI OʻRGANISHNING AHAMIYATI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 53–57. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/967