TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI RESURSLAR YARATISH

Authors

  • Rixsiboyev Shukurulloh
  • L.K. Bagbekova

Abstract

Ta’lim tizimiga axborot-kommunikatsiya hamda innovatsion texnologiyalarning jadal sur’atlarda tadbiq etilishi ta’lim tizimi sifatini oshirishni tashkil etishning shakli va mazmunida ulkan oʻzgarishlar yasamoqda. Bugungi kunda oʻqitish samaradorligini oshirishda, an’anaviy bosma darsliklar bilan bir qatorda, zamonaviy yangi avlod elektron oʻquv adabiyotlari: multimediyali (koʻp axborotli) elektron darsliklar, videodarslar, oʻquv qoʻllanmalar, ma’ruzalar matnlari, elektron dasturlar, dayjest, ma’lumotlar banki va boshqalar alohida muhim oʻrin egallaydi.

Uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim jarayoniga elektron ta’lim resurslarini joriy etish jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim tizimida u yoki bu tarzda elektron nashrlar yoki manbalardan foydalanilmaydigan fanni uchratib boʻlmaydi. Shu bilan birga, koʻpchilik fanlarni oʻqitishda axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi ta’lim sohasida qoʻllaniladigan tegishli dasturiy ta’minot va elektron resurslar mazmunini ishlab chiqish bilan bog‘liq muammolar majmuasini keltirib chiqarmoqda. Soʻnggi bir necha yil davomida olib borilgan tadqiqotlar bunday oʻquv vositalarni ishlab chiqish va qoʻllash nazariyasi uchun asos boʻldi. Amaliyot shuni koʻrsatadiki, zamonaviy oʻqituvchi oʻz kasbiy faoliyatida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalana olishi hamda elektron ta’lim resurslarini yarata olishi kerak. Shu bilan birga, professional jamoalar va alohida oʻqituvchilar tomonidan yaratilgan elektron ta’lim resurslarining sifati tahlili shuni koʻrsatadiki, ulardagi tarkibni tanlash va toʻg‘ri taqdim etish masalalari hali oʻrganilmagan. Elektron ta’lim resurslarining tuzilishi, interfeysi va vizual taqdimotini rivojlantirishga yondashuvlar takomillashtirishni talab qiladi, chunki axborot arxitekturasining mohiyatini tashkil etuvchi tegishli xususiyatlar talabalani tayyorlash samaradorligini oshirishda muhim rol oʻynaydi.

Endi esa ta'lim jarayonida raqamli resurslar yaratishdagi bir qancha muammolarni koʻrib chiqamiz:

  1. Elektron ta’lim resurslarini yaratish va raqamlashtirish jarayoni koʻp muddat va vaqt talab etadi;
  2. Elektron ta’lim resurslarini yaratish va raqamlashtirish uchun moddiy texnik bazasida ba’zi bir kamchilik va yetishmovchiliklarning mavjudligi va qimmatligi;
  3. Elektron ta’lim resurslarining axborot arxitekturasi koʻpincha tartibsiz tarzda qurilgan, aniq ishlab chiqilgan tizimga boʻysunmaydi, bu esa talabalarni “chalg‘itishga” olib keladi, oʻrganilayotgan fan sohasining noadekvat mantiqiy tuzilishini rivojlantiradi.

Bu muammolarni hal qilishning bir qancha yechimlari mavjud. Bular:

  1. Yagona elektron ta’lim resurslari markazining bazasini yaratish;
  2. Barcha ta’lim berish muassasalarida elektron ta’lim resurslaridan va koʻp qirrali multimediali texnologiyalardan faol foydalanish;
  3. Elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqaruvchilar sonini koʻpaytirish, ularni ham moddiy ham ma’naviy rag‘batlantirish;
  4. Elektron ta’lim resurslarini samarali targ‘ib etuvchi va undan foydalanuvchi turli multimediali texnologiyali vositalar(animatsion roliklar, audio va videoli animatsion testlar va boshqa metodlar)ni tashkil etish va rivojlantirish, qoʻllab-quvvatlash;
  5. Sifatli zamonaviy multimediali texnologiyalardan faol foydalanish.

Elektron ta’lim resurslari ta’limga oid axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidan iborat boʻlib, u ta’limga oid turli axborotlaning yaratilishini belgilovchi ichki va tashqi omillarga bog’liq:

- ichki omillar – bu axborotlarning yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

- tashqi omillar – bu elektron ta’lim resurslarining texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot jamiyatiga oʻtish zaruriyati jahon iqtisodiyotida yangi texnologik tartib shakllanishi va ustuvorligi, axborot resurslarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy resurslariga oʻtishi, jamiyatni axborot mahsulotlari va xizmatlariga boʻlgan talabini qondirish, ijtimoiy ishlab chiqish tizimida axborot kommunikatsion infrastruktura ahamiyatini oshishi, xalqaro axborot almashinuvlar asosida maorif, ilmiy-texnik va madaniy sohalarning takomillashuvi, «global axborot afzalliklarini» teng huquq asosida ishlatish bilan shartlanadi. Oxirgi yillarda elektron ta’limning an’anaviy ta’limga qaraganda afzallik jihatlari koʻproq aniqlanmoqda. Soʻnggi vaqtlarda ta’lim oluvchilar va oʻqituvchilar an'anaviy ta’limning ba’zi turlariga qaraganda onlayn ta’limning afzalliklari koʻproq degan xulosaga kelmoqdalar. Sababi, ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan raqamli oʻqitish platformalari koʻpaymoqda, bunda an’anaviy va onlayn ta’limning eng yaxshi tomonlari birlashtirilib aralash ta’lim tizimi shakllantirilmoqda.

Xulosa qilib aytganda zamonaviy elektron ta’lim vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarga avvalo qulaylik yaratish, shiddat bilan oʻsib borayotgan texnologiyalar olamida oʻzini oʻrnini topish, oʻquv jarayonini elektron ta’lim resurslar asosida tashkil etish, shu jumladan, oʻquv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum oʻzgartirishlar kiritish kabi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻyadi.

References

Abdurakhmanova, S. A. (2018). Developing Students’ Intellectual Skills at Pedagogical Universities of Uzbekistan Republic based on Multimedia Technologies. www. auris-verlag. de.

Abduxakimovna, A. S. (2021). Use of multimedia technologies in the development of intellectual skills of students of pedagogical higher education institutions. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 8(1), 1483-1488.

Mamarajabov Odil Elmurzaevich, Akhmatov Eldor Umar ugli, Creating an electronic textbook on computer science in the autoplay program , E Conference World: No. 2 (2023): Switzerland

Elmurzaevich, M. A. (2022, February). Use of cloud technologies in education. In Conference Zone (pp. 191-192).

Muratov Elvin Ilich. (2022). Problems of choosing innovative strategies for the educational process based on empirical methods. World Bulletin of Social Sciences, 8, 101-103. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/732

Ilich, M. E. (2022, February). Problems of professional development of future teachers in the field of informatics. In Conference Zone (pp. 193-194).

Laylo, B., & Xilola, M. (2023). Opportunities of computer graphics in creation of electronic textbook. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(11), 1121-1123.

Sharofat, O. R. (2023, May). Electronic learning resources and requirements for their creation. In International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming.

Bakiyeva, ZR (2023 yil, may). Elektron ta’lim muhitida talabalarga kompyuter animatsiyasini oʻqitishning nazariy prinsiplari. Zamonaviy fan va ilmiy tadqiqotlar boʻyicha xalqaro konferensiya materiallarida ( 2-jild, 5-son, 5-8-betlar).

Bakiyeva, Z. (2022). Teaching the steps of creating animation to students in higher education institutions. Академические исследования в современной науке, 1(17), 226-227.

Downloads

Published

2024-05-26

How to Cite

Rixsiboyev Shukurulloh, & L.K. Bagbekova. (2024). TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI RESURSLAR YARATISH. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 62–65. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/969