AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM SOHASIDAGI OʻRNI

Authors

  • Xamidova Gulzina

Abstract

XXI asr “Axborot texnologiyalari asri”da taraqqiyot jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Globallashuv davrida fan, texnika va axborot kommunikatsiya sohalari rivojlanishi natijasida yangi imkoniyatlar vujudga kelmoqda. Shuningdek, axborot kommunikatsiya sohasi taraqqiy topmagan davrdagi eskirgan pedogogik qoʻllanmalardan voz kechib, hozirda axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositasidan foydalanib dars jarayonlari oʻtkazish zamonamizning eng muhim talabi boʻlib qolmoqda.

Hozirgi davrda ta’limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi, mana shu sababli barchamiz “yangi pedagogoik texnologiyalar” atamasini ishlata boshladik. Misol uchun, shaxsiy kompyuterlar ta’limning imkoniyatlarini butunlay oʻzgartirib yubordi. Internet leptoplar ta’lim tizimiga yangi prdagogoik texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. Oʻzbekiston mustaqilligi sharoitlarida ta’lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarining tatbiq etishi bilan bog‘liq. Bu texnologiyalarning rivojlanayotganligi ta’lim sohasining yanada oʻsishini, kelajak avlodning bilim va koʻnikmalarini chuqurroq oʻrganishida samarali yordam berayotganini koʻrishimiz mumkin.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va oʻziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yoʻnalishda ilgari boʻlmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi toʻsiqlarni yengib oʻtish imkon beradi:

1) Bilimlarni egallash yoʻlidagi toʻsiqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta’lim olish yoʻlidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv koʻnikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar toʻplash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak b’ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali boʻlib xizmat qiladi.

2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yoʻlidagi toʻsiqlarni yoʻqotadi. Internet tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda koʻplab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati.

3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yoʻlidagi toʻsiqlarni yoʻqotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar – saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yoʻqotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan oʻquv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.

Axborot-tarbiyaviy faoliyatdir. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ular bilan bog‘liq boʻlgan sohalar rivoji ham ta’lim tizimida eng jadal rivojlangan sektorlar hisoblanadi. Shu jumladan elektron pochta kutubxonalar, kompyuter tarmoqlari va saytlar ta’lim tizimida cheksiz imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bugungi kunda fan hamda ta’lim tizimini rivojlantirish masalasida axborot texnologiyalari oʻz oʻrniga egadir. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganidan soʻng ta’lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta’lim hamda tarbiyaviy tizimga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tatbiq etilishi bilan bog‘liq. Mustaqillikdan soʻng “Axborot va matbuot erkinligi, fuqarolarning oʻz xohish-irodasini bilidirishi davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi-Yangi Oʻzbekistonning sifat koʻrsatkichlaridan biriga aylanishi barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishda doril-amal boʻlmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti tomonidan jamiyatning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida yaxlit “AXBOROT KODEKSI” qabul qilindi.

Axborot texnologiyalaridan faqat oʻquv jarayonida emas, balki uzluksiz ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilami ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan ta'minlaydigan axborot ishida, ta'lim tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish mumkin.

Xulosa oʻrnida axborot sohasida ham amaliy natijalar boʻlishi asosiy mezonga aylanmoqda. Axborot-kommunikatsiya sohasidagi taraqqiyot ya’ni rivojlanishning eng asosiy maqsadi - Oʻzbekistonda matbuot erkinligini qonuniy asosda ta’minlanishi, axborot texnologiyalarini keng joriy etilgan demokratik mamlakatlar qatoridan oʻrin olishini ta’minlashdir.

References

https://www.inter-nauka.com/uploads/public/14991014586929.pdf

https://cyberleninka.ru/article/n/ta-lim-tizimida-axborot-texnologiyalarning-tutgan-o-rni

https://infocom.uz/axborot-texnologiyalarining-talimdagi-orni/

Abdurakhmanova, S. A. (2018). Developing Students’ Intellectual Skills at Pedagogical Universities of Uzbekistan Republic based on Multimedia Technologies. www. auris-verlag. de.

Mamarajabov O.E. Benefits of Using Information Technology in the Education System //Vocational Education. Tashkent, 2019. No.1. P. 55-59

Muratov Elvin Ilich. (2022). Problems of choosing innovative strategies for the educational process based on empirical methods. World Bulletin of Social Sciences, 8, 101-103. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/732

Kadirbergenovna, B. L. (2023, November). Methodology for organizing the process of distance education and its teaching. In E Conference World (No. 2, pp. 160-164).

Urokova Sharofat. (2023). Digitalization of education at the present stage of development. World Bulletin of Management and Law, 23, 60-63. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/2873

Бакиева, З. Р., & Мамараджапов, О. Э. (2017). К вопросу о мобильном обучении с помощью современных технологий и язык программирования java. In Информатика: проблемы, методология, технологии (pp. 13-16).

Kadirbergenovna, B. L. (2023, November). Methodology for organizing the process of distance education and its teaching. In E Conference World (No. 2, pp. 160-164).

Downloads

Published

2024-05-26

How to Cite

Xamidova Gulzina. (2024). AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM SOHASIDAGI OʻRNI. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 66–69. Retrieved from http://ijournal.uz/index.php/jartes/article/view/970